Asakabank
"Asakabank" — Oʻzbekistondagi ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik jamiyati. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra 1995-yil 7-noyabrda tashkil etilgan[2]. Boshqaruvi Toshkent shahrida joylashgan. Respublikaning barcha viloyatlari markazlarida jami 21 ta filiali va 4 ta mini bank mavjud, jumladan, Qoraqalpogʻiston (Nukus shahri)da, Asaka, Qoʻqon, shuningdek Toshkentda („Avtotransport“) filiallari bor. Respublikada avtomobil sanoati va unga xizmat koʻrsatadigan infratuzilmalarni rivojlantirishni moliyalash (asosan, „OʻzDEUavto“ qoʻshma korxonasi va unga butlovchi qismlar ishlab chiqarish loyihalari), Oʻzbekiston fuqarolariga avtomobillar sotib olishda qulayliklar yaratish, yalpi kredit hisob-kitob xizmatlari koʻrsatish, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar va boshqa xizmatlarni amalga oshiradi. 2022-yil 1-oktabr holatiga koʻra bankning jami aktivlari 49,5 trln soʻmni tashkil etmoqda. Bankning jami kapitali 6,5 trln.soʻmga teng boʻldi. 20 ta kredit liniyalari 23.5 trln soʻmga yetdi (1997-yil 1yanvar).[4].
Asakabank | |
---|---|
Asakabank ATB | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Turi | AJ |
Litsenziyasi | №53 19-yanvar 1996[1] |
Faoliyati | Bank xizmatlari |
Birja listingi | UZSE: UZ7038660005 |
Asos solingan | 7-noyabr, 1995-yil[2] |
Auditor | "Ernst & Young" MCHJ XK[3] |
Filial
tahrirRespublika boʻyicha bank 1 ta savdo ofisi, 21 ta filial, 14 ta bank xizmatlar markazi, 4 ta minibank, 169 ta bankomat, 28 ta Infokiosklar, 65 ta „24/7 ATM“ budkalariga ega[2].
Fonon
tahrir2021-yilda Markaziy Osiyodagi eng yirik zavod sifatida ish boshlagan „FONON“ zargarlik zavodi „Asakabank“ tomonidan moliyalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 28,3 million yevroni tashkil qiladi. Ushbu qiymatning 19 million yevrosi „Asakabank“ mablag‘lari hisobidan tashkil qilingan[5].
Aksiyadorlari
tahrir2023-yil holatiga koʻra bankga egalik qiluvchi aksiyadorlar ulushlari quyidagicha taqsimlangan:
Aksiyador | Ulush |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi | 88.24% |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi | 10.73% |
„Buxoro neftni qayta ishlash zavodi“ MChJ | 0.72% |
„Oʻzbekneftgaz“ AJ | 0.13% |
„Oʻzavtosanoat“ AJ | 0.09% |
„Oʻzagrosugʻurta“ AJ | 0.08% |
„Oʻzbekinvest“ eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi | 0.01% |
Rasmiy ilovasi
tahrirBankning rasmiy ilovasi — Asakabank, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.[7]
Manbalar
tahrir- ↑ „Коммерческие банки“ (ru). Центральный банк РУз. 2018-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 [https://asakabank.uz/uz/about-bank/home „Asakabank Taraqqiyot drayveri“] (uz). Qaraldi: 29-oktyabr.
- ↑ „auditor“ (ru) (pdf). Qaraldi: 29-oktyabr.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Fonon“ (uz). Kun.uz (2021-yil 9-fevral). Qaraldi: 29-oktyabr.
- ↑ „Банк акциядорлари“ (uz). Qaraldi: 29-oktyabr.
- ↑ https://depozit.uz/partners/banks/asaka-bank
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |