Chortoq sanatoriysi
"CHORTOQ" SANATORIYASI - balneologik sihatgoh; Namangan shahridan 25 km masofada Chortoqsoyning sohilida, Chotqol togʻining janubiy qiyaligidagi togʻ adirlarida, dengiz sathidan 650 m balandlikda joylashgan.
Manzil: Namangan viloyati, Chortoq tumani, Chortoq shahri, Sihatgoh MFY, A.Saydaliyev ko‘chasi, 5-uy[1].
Tarixi
tahrir"Chortoq" Santoriyasi Chortoq shahrida mineral va turli moddalarga boy shifobaxsh yerosti suvlari sabab 1949-yil 31 avgustda 30 oʻrinli balneologik shifoxona sifatida tashkil etildi. Keyingi yillar mobaynida, hududi kengaytirildi va yangi binolar barpo etildi. O'n yildan so'ng, 1959-yilda, oʻrinlar soni 250 taga yetkazildi. Uch yildan so'ng 1961-yil 1-martdan e'tiboran shifoxona "Chortoq" sanatoriyasiga aylantiriladi.
Hududi va iqlimi
tahrirSanatoriyaning hududi turli-tuman meva va manzarali daraxtlar bilan koʻkalamzor aylantirilgan. Maydoni 37 gektar bo'lib, buning asosiy qismini bog', daraxtzor, tibbiy bo'lim binolar egallagan. Iqlimi yumshoq, kontinental. Turli daraxtlar bois odatda havo salqin. Yoz payti quruq, issiq bo'lsa, qishi bir muncha yumshoq kechadi. Yanvar oyidagi oʻrtacha harorat — 1,4° bo'lsa, iyul oyiga borganda 23° atrofida bo'ladi. Hududdagi nisbiy namlik 52%.
Davolash
tahrir„Chortoq" sanatoriyasida bir qator tibbiy muolajalar amalga oshiriladi. Asosan, sanatoriydagi eng muhim tabiiy resurs - suv bilan davolash usuli qoʻllanadi. Suv tarkibida sulfatxlor, natriyli mineral tuzlar, yod, xlorid, kaltsiynatriyli minerallari miqdori baland (20—50 g/l) . 42°C dan yuqori haroratli vanna muolajalari uchun termal va gipertermal suv ishlatiladi. Mineral suvli vannalar gipotonik, tomir kengaytiruvchi sifatida taʼsir ko'rsatadi, qon bosimi va tana bo'ylab aylanishi tezligini barqarorlashtiradi, organizmning tashqi dunyoda kiruvchi zararli omillarga qarshi himoyasini oshiradi, yalligʻlanishga qarshi kurashadi. Bundan tashqari ushbu sihatgoh fizioterapiya, massaj, issiq (parafin va ozokerit) bilan davolash kabi muolajalarni ham taklif qiladi.
Tuzilishi
tahrir"Chortoq" sihatgohi turli davlatlardan keltirilgan zamonaviy tibbiy qurilmalar, diagnostika asbob-uskunalari bilan jihozlangan. Sihatgohda 40 kishi uchun mo'ljallangan vanna, basseyn, dush va suv muolajasi uchun xonalari mavjud. Sanatoriyada harakat aʼzolari, nerv sistemasi, hazm qilish aʼzolari, ginekologik va teri kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlar davolanishi mumkin. Shuningdek, sihatgohda oʻtkir miokard infarktini boshdan kechirganlarga o'z sog'ligini tiklashiga yordam berish maqsadida 30 oʻrinli reabilitatsiya boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. Bugungi kunga kelib, Sanatoriyda 400 oʻringa moʻljallangan yotoq korpuslari (bir va ikki oʻrinli), klub, kutubxona, fitobar, sport maydonchalari va boshqa turli qulayliklar yaratilgan. Sanatoriyga O'zbekistonning asosan Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy kabi viloyatlaridan ko'p tashrif buyurvchilar keladi. Shuningdek, Qirg'iziston, Qozog'istondan ham dam oluvchilar kuzatiladi.
Xizmat ko'rsatish
tahrirSihatgohda: 1) ambulator sharoitda terapiya, ginekologiya; 2) nevrologiya va psixoterapiya ixtisosliklari bo‘yicha diagnostika, maslaxat va konservativ davolash, terapevtik stomatologiya hamda ultratovush diagnostikasi; 3) ambulator va stasionar sharoitda kardiologiya ixtisosligi bo‘yicha diagnostika, maslaxat va konservativ davolash (intervension kardiologiyadan tashqari);
4) fizioterapiya hamda klinik laboratoriya diagnostikasi kabi xizmatlar mavjud
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ „O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash vazirligi rasmiy veb-sayti - Xususiy klinikalar: "Chortoq" sanatoriyasi“. 2023-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-oktyabr.