Hosildor
"HOSILDOR" — ertapishar, mahalliy xoʻraki olma navi. Xalq seleksiyasi yoʻli bilan chiqarilgan. Daraxti oʻrtacha boʻyli, shox-shabbasi baquvvat, sharsimon, balandligi 4,9 m. Guli oʻrtacha, ikki jinsli, oʻzidan changlanadi, shuningdek, Toshkent borovinkasi, Samarqand >r|;ip olmasi navlari yaxshi changlatuvchi hisoblanadi. Hosildorli gi oʻrtacha, yiliga 15 yoshli daraxti 260 kg gacha meva beradi. Mevasi iyun oxiri — iyul boshlarida pishadi. Mevasining ogʻirligi 130—160 g, dumaloq, uchi choʻziqroq. Poʻsti oʻrtacha qalinlikda, sargʻimtir och-yashil, qizgʻish yoʻllari bor. Eti oq, oʻrtacha tigʻiz, oʻrtacha sersuv, shirin-nordon. Koʻchati oʻtqazilgandan soʻng 2—3 yili hosilga kiradi, 5—6-yili toʻliq hosil bera boshlaydi.
Yangiligida yeyiladi, qoqi solinadi, konserva qilinadi, uzoq joylarga yuborishga yaroqli. Oʻzbekistonning barcha viloyatlari, Turkmaniston va Janubiy Qozogʻistonda rayonlashti-rilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |