Istiqlol (stadion)
„Istiqlol“ stadioni. „Istiqlol“ sport majmuasi Fargʻonada joylashgan boʻlib, 20 mingdan ortiq muxlisni qabul qila oladi. Zamonaviy va barcha zarur narsalar bilan jihozlangan chiroyli stadion 2015-yilda ochilgan. U xalqaro futbol oʻyinlari uchun ideal maydonga aylandi. „Istiqlol“ — "Neftchi" futbol klubining uy arenasi hisoblanadi. Tomoshabinlar uchun oʻrindiqlar yuqori va pastki qavatlarga boʻlingan. Kuzatuvchilar xonasi videotablo va musobaqani jonli translyatsiya qilish imkonini beruvchi uskunalar bilan jihozlangan.
Uzbekistan Istiqlol Stadioni | |
---|---|
Sobiq nom(lar)i | Istiqlol Stadioni |
Joyi | Uzbekistan Oʻzbekiston, Farg'ona |
Asos solingan | 20-Mart 2012-yil |
Qachon qurilgan | 2015-yil |
Qachon ochilgan | 20-Mart 2015 |
Qachon taʼmirlangan | Yangi Stadion |
Egasi | Neftchi futbol klubi |
Operator | Oʻzbekiston futbol federatsiyasi |
Yuzasi | tabiy chim |
Maydon oʻlchami | 107m x 95m |
Maydon egalari | |
Neftchi futbol klubi |
Stadion tarixi
tahrirStadionni Quvasoy taʼmirqurilish kompaniyasi tomonidan qurilgan[1]. Istiqlol stadioni koʻp funksiyali boʻlib, sportning boshqa turlarini ham oʻtkazish imkoniyati mavjud. Stadion qurilishi uchun 30 million $ dan oshiq mablagʻ sarf etilgan[2] Fargʻona shahridagi "Istiqlol" stadioni nomidagi 20 ming oʻrinli yangi arena qurilishi 2012-yil yanvar oyida boshlanib, 2014-yil oxirida nihoyasiga yetdi.
Tavsifi
tahrirUshbu oʻyingohning nomi, Fargʻona „Markaziy“ stadioni deb nomlanadi. Bu faqat „Neftchi“ jamoasi uchun emas. Balki shahar hokimiyatiga qarashli boʻlib, olimpia stadioni sanaladi. Yaʼni sportning futboldan tashqari, boshqa turlariga ham moʻljallangan.
Stadion 20000 muxlisga moʻljallangan boʻlib, ikki qavatdan iborat. Markaziy tribuna esa uch qavatli. Ushbu binoning birinchi qavatida mezbon va mehmon jamoalar uchun „A“ va"B" toifadagi kiyinish xonalari boʻlib, har bir jamoa ixtiyorida ikkitadan kiyinish xonalari bor. U yerda futbolchilar uchun barcha zamonaviy sharoitlar mujassam qilingan. Shuningdek hakamlar xonasi ham aynan ushbu binoda joylashgan. Markaziy tribunaga qarama-qarshi tomonda esa tamddixona (bufet) qilinadi. Muxlislar oʻyin chogʻida, tashqariga chiqib yurmasdan, oʻzi uchun kerak boʻlgan yegulikni stadion ichidagi maxsus doʻkonlardan xarid qilishi mumkin.
Maydon va tribunaning oraliq masofasi 15 metrni tashkil etadi. Stadiondagi sektorlar soni 32ta.
Oʻyin natijasini koʻrsatib turish uchun „Philipps“ tablosidan oʻrnatilgani. Oʻyindagi xavfli va golli vaziyatlarni ushbu tablo orqali takroriy ravishda koʻrish mumkin. Zamonaviy tabloning boʻyi 4, eni esa 12 metr koʻrinishda.[3][4]
Tarixiy uchrashuvlar
tahrirYangi "Istiqlol" stadionining ochilish[5] oʻyini 2015-yil 3-aprel kuni Oʻzbekiston U-20 hamda Yangi Zelandiya U-20 terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyini boʻlib oʻtgan va mezbon jamoaning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan edi. Yangi stadiondagi birinchi rasmiy Liga oʻyini 2015-yil 18-aprel kuni Neftchi — „Mash’al Muborak“ uchrashuvi bilan oʻtkazildi.
2015-yildan beri klub uy uchrashuvlarini Fargʻonadagi 20 000 tomoshabinga moʻljallangan "Istiqlol" stadionida oʻtkazmoqda.[6]
"Istiqlol"[7] — Fargʻona va Fargʻona viloyatidagi eng yirik (viloyat) stadioni va Oʻzbekiston chempionatida eng koʻp tashrif buyuruvchilardan biri. Stadionda shuningdek Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi oʻyinblari ham oʻtkailgan[8][9][10]
Stadionda top suruvchi klublar
tahrirShuningdek, Fargʻonaning yana bir klubi — Oʻzbekiston Pro ligasi "A „ ligasida toʻp surayotgan “Istiqlol" ham oʻz uy uchrashuvlarini shu stadionda oʻtkazmoqda.
Manbalar
tahrir- ↑ „Фарғонада 20 минг ўринли янги стадион қурилмоқда“ (06 дек 2013). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ „Фарғонадаги янги стадион қурилишига 73,5 миллиард сўм сарфланди“ (2014-yil 13-oktyabr). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ „Фарғонада замонавий стадион қад ростламоқда (фото)“ (02 окт 2013). 2022-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
- ↑ „“Istiqlol” stadionida yoritish tizimi 1800 lyuksdan oshdi“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
- ↑ „Фарғонада 20 минг ўринли “Истиқлол” номли стадионнинг очилиш маросими ўтказилди“ (2015-yil 20-mart). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ „"Istiqlol" stadioni "Vodiy derbisi"ga shay!“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
- ↑ „ozbekistonning-top-5-ta-stadioni“. 2022-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-iyul.
- ↑ „ФОТОГАЛЕРЕЯ: Ўзбекистон ОТЖ "Истиқлол" стадионида дастлабки машғулотини ўтказди“ (25 мар 2018). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ „"Istiqlol" stadioni Osiyo Kubogiga tayyor“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
- ↑ „Ўзбекистон Кубоги. Финал олдидан дастлабки фотогалерея“. 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
Havolalar
tahrir- PFL. Istiqlol Stadioni (Wayback Machine saytida 2023-10-22 sanasida arxivlangan)
- Oʻzbekistonning top 5 ta stadioni