Kitobxon jamiyati
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
"KITOBXON" JAMIYATI — kitobsevarlarni birlashtirgan jamoatchilik tashkiloti. 1974-yilda Respublika kitobsevarlar koʻngilli jamiyati si-fatida tashkil etilgan. 1998-yilda alohida faoliyat olib borayotgan Toshkent shahri kitobsevarlar koʻngilli jamiyati bilan birlashtirilib, Respublika "K."j.ga aylantirildi; viloyatlarda uning boʻlimlari mavjud. "K."j.ning vazifasi xalqning kitob ishi va kitobxonlik, kitob nashri va taqsimoti sohasidagi madaniyatini oʻstirish, kitob fondlari va shaxsiy kitob toʻplamlaridan samarali foydalanish, maʼnaviyat va axloqiy asoslarni qaror toptirishga, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrash va rivojlantirishga taʼsir etishdan iborat. Bu sohada muzeylar, istirohat boglari, shahar kitob savdosi birlashmasi, turli madaniyat markazlari bilan hamkorlik qiladi, turli tadbirlar (kitob koʻrgazmalari, adabiy-musiqiy uchrashuvlar, kechalar, tanlovlar, maʼruzalar) oʻtkazadi.
Ayni davrda mehribonlik uylari va boshqalarga xayriya yordami sifatida axrli tomonidan sovgʻa qilinadigan kitob fondi ("kitob banki")ni yigʻib bormoqda. Jamiyat qoshida "Haqiqat" munozara klubi faoliyat koʻrsatmoqda.
Hamroxon Mamatraimova.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |