Lunar Orbiter — amerikada ishlab chiqarilgan, 1966-yil 10 avgustdan 1967-yil 1 avgustgacha uchirilgan Oy sunʼiy yoʻldoshlari (OSI) seriyalar nomi. Uchirishdan maqsad Oy sirtini OSI orbitasidan turib suratga olib, televizion kanal orqali yerga uzatish. "L.O.-1", "L.O.-2" va "L.O.-Z" lar yordamida olingan fotosuratlar, asosan, "Serveyer" avtomatik apparatlarni va "Apollon" kos-mik kemalarning oy kabinalarini Oyga qoʻndiriladigan joylarni iz-lashda foydalaniladi. "L.O.4" va "L.O.-5" yordamida qoʻndirilishi mumkin boʻladigan joylarning va Oyning koʻrinadigan tomonidagi ilmiy nuqtai nazardan ancha qiziqarli boʻlgan uchastkalarining, shuningdek, sobiq Ittifoqning "Luna-3" va "Zond-3" sayyoralararo avtomatik st-yalari suratga olgan Oyning teskari tomonidagi qutb rayonlarining qoʻshimcha suratlari olindi. Bulardan tashqari, "L.O." yordamida Oy yaqinidagi boʻshliq radia-siyasi va mikrometeorlar, Oyning gra-vitatsion maydoni oʻrganildi va hokazo.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil