Namanganskaya pravda („Namangan haqiqati“) – Namangan viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Namangan shahrida rus tilida haftada 1-marta chiqadi. Dastlab „Izvestiya Namanganskogo Sovdepa“ („Namangan deputatlari kengashi xabarlari“, 1917— 20), „Rabochiy put“ („Ishchi yoʻli“, 1920-21), „Udarnik“ („Zarbdor“, 1934— 45), „Za kommunizm“, („Kommunizm uchun“, 1941—58) nomlari bilan nashr etilgan. 1958-yildan hozirgi nomda. Gazetada ijtimoiysiyosiy, maʼnaviy-madaniy hamda bozor islohotlariga oid taxliliy maqolalar keng yoritiladi. Shuningdek, undagi maxsus rubrikalarda sanʼat va adabiyot haqidagi xabarlar, ijodkorlarning asarlari muntazam chop etib boriladi. Adadi 1000 ga yaqin (2003).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil