Orzigul
("Orzigul"dan yoʻnaltirildi)
„Orzigul“ – oʻzbek xalq ishqiy-romantik dostonlaridan. Islom shoir Nazar oʻgʻlidan yozib olingan. Dostonning bosh qahramoni Orzigul xalqning eng yaxshi fazilatlarini oʻzida mujassamlashtirgan, adolat yoʻlida kurash olib boruvchi ayol obrazidir. Orzigul hayoti, kurashi oʻsha davrning ijtimoiy masalalari bilan bogʻlab talqin qilinadi. Orzigul bilan Suvonxon muhabbati barcha toʻsiqlarni yengishga qodir qudratli kuch sifatida namoyon boʻladi. Asarda Orzigul, Suvonxon va Dono choʻponning Qoraxon podsho qoʻshinlari ustidan gʻalabasi adolat va haqiqatning roʻyobga chiqishi, zulmat ustidan yorugʻlik tantanasi sifatida aks ettirilgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |