Qayroq oʻyin
"QAYROQ OʻYIN" — oʻzbek raqsi turlaridan, Xorazm xonligi va Buxoro amirligi hududida, asosan, shaharlarda yashovchi professional raqqos va raqqosalar tomonidan juft qayroqlar yordamida ijro etib kelingan raqslar turkumi. "Q.oʻ." zardushtiylik bilan bogʻliq holda qadim zamonlarda paydo boʻlib, asrlar davomida mazmunan va shaklan oʻzgarib, bizning davrimizgacha yetib kelgan. Dastlabki davrlarda oʻyinchilar qayroq bilan usul berib oʻynash orqali Arximan va uning lashkarlari insujinslarni haydaganlar va shundan zavklanib raqsga tushganlar. Borabora bunday raqslar diniy eʼtiqod qobigʻidan chiqib, dunyoviy sanʼat, tomosha shaklini egallab, malakali raqs ustalari repertuarlaridan oʻrin egallagan. Hozir ham Xorazm vohasida, Buxoro va Samarqandda bunday raqslar yashab kelmoqda. "Q.oʻ."da qayroq orqali ular bir-biriga urib va dirillatib (rez berib), kuyga mos usul beradi. Usullarning xilmaxilligi oʻyinchining mahoratiga bogʻliq. Usullarga mos raqs harakatlari ishlatiladi va ular oʻzgarib boradi. "Q.oʻ." yakka raqqos yoki koʻpchilik tomonidan ijro etilishi mumkin. Ansamblda qayroqlar bilan usul berishda joʻrovozlik talab qilinadi. Xorazmda juft qayroqning bittasi koʻpincha temir boʻlgani uchun usul yorqin chiqadi. "Q.oʻ." xalq sirkining yogʻochoyoq oʻyinlarida, dorbozlarning chiqishlarida ham ishlatiladi. Fargʻona vodiysida qayroqlar oʻrnida likopchalar, Surxondaryo va Qashqadaryo vohalarida qoshiqlar, tayoqlar bilan raqsga tushiladi. "Lazgi", "Bahor", "Shodlik", "Zarafshon" ansambllarida "Q.oʻ." asosida zamonaviy raqslar yaratilgan. Navroʻz va Mustaqillik bayramlari teatrlashgan tomoshalarida Buxoro sozandalari va Xorazm raqs ustalarining dasturlarida "Q.oʻ." muhim oʻrin egallab kelmoqda.
Muhsin Qodirov.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |