Ólafur Ragnar Grímsson
Grimsson Olavur Ragnar (1943.14.5, Isafordyur sh.) — Islandiya prezidenta. Manchester universitetini tugatgan (1965). 1970-yildan Reykyavik sh.dagi Islandiya universitetida oʻqituvchi, 1971-yildan professor 1976-yildan soʻl pozitsiyadagi Xalq ittifoqi partiyasi aʼzosi, 1978 —83 yillarda Xalq ittifoqi partiyasining parlament guruhi yetakchisi, 1987-yildan Xalq ittifoqi partiyasi raisi. 1988— 91 yillarda Islandiya moliya vaziri. 1991 va 1995-yil Xalq ittifoqi partiyasidan parlament aʼzoligiga saylangan. 1996-2006-yillarda Islandiya Respublikasi prezidenti. Indira Gandi nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlangan (1987)[1].
Manbalar
tahrir