Ōgata (yaponcha: 大潟村 Ōgata-mura?) Yaponiyaning Akita prefekturasida joylashgan qishloq. 2020-yil 31-yanvar holatiga koʻra, qishloqda 1122 xonadonda 3164 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi har kvadrat kilometrga 19 kishidan toʻgʻri kelgan[1]. Qishloqning umumiy maydoni 170,11 kvadrat kilometr (65,68 mi²) ni tashkil etadi.

Ōgata

大潟村
Qishloqlar
Skyline of Ōgata
Ōgata
Bayroq
Ōgata
Gerb
40°1′4.1″N 139°57′35.8″E / 40.017806°N 139.959944°E / 40.017806; 139.959944
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Tohoku viloyati
Asos solingan 1964-yil 1-oktabr
Maydon 17,011 km2 (6,568 kv mi)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020-yil fevral)
3 164
Zichligi 19 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Ōgata xaritada
Ōgata
Ōgata
Oga yarim oroli va Ogata qishlogʻi

Geografiyasi

tahrir

Ōgata Akita prefekturasining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Qishloq butunlay sobiq Hachirogata koʻlining qayta tiklangan yerlardan tashkil topgan, natijada tekis va asosan dengiz sathidan past hududda joylashib qolgan.

 
Yoʻl boʻyidagi stansiya va Polder muzeyi

Qoʻshni munitsipalitetlar

tahrir

Iqlimi

tahrir

Ogata nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa) boʻlib, katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiqdan issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish mavsumi bu hudud iqlimiga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Ogatada oʻrtacha yillik harorat 11.4 °C (52.5 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,430.6 mm (56.32 in) boʻlib, noyabr eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24.0 °C (75.2 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan 0.2 °C (32.4 °F) atrofida boʻladi.

Ōgata (1991−2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 12,1 17,5 18,6 26,0 31,2 31,8 35,6 38,1 35,9 29,4 24,4 17,1 38,1
Oʻrtacha maksimal, °C 3,0 3,6 7,4 13,4 18,8 22,8 26,4 28,5 24,8 18,6 12,1 5,9 15,4
Oʻrtacha minimal, °C −3,1 −3,1 −0,9 3,3 9,6 14,6 19,1 19,9 15,2 8,5 3,3 −0,8 7,1
Mutlaq minimal, °C −17,3 −19,3 −12,7 −6,5 −3,9 6,2 5,0 9,8 3,4 −1,4 −10,8 −14,4 −19,3
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 101,3 81,1 82,3 82,8 91,3 95,6 153,5 145,9 154,1 155,1 164,6 139,0 1 430,6
Manba: Yapon Meteorologiya Agentligi[2][3]

Tarixi

tahrir

Tinch okeani urushi tugagandan soʻng, hukumat barqaror ichki guruch taʼminotini taʼminlash uchun yangi qishloq xoʻjaligi yerlarini yaratishga harakat qildi. Hachirogata lagunasi Yaponiyadagi ikkinchi yirik koʻl edi va uning sayoz suvlari tufayli keng melioratsiya ishlari uchun ideal nomzod boʻlgan. 1957-yil aprel oyida Hachirogatada melioratsiya ishlari boshlandi. Keyingi yigirma yil ichida golland muhandislari yordamida oʻn yetti ming gektarga yaqin yangi qishloq xoʻjaligi yerlari yaratildi. Ogata qishlogʻi 1964-yil 1-oktabrda bu yangi obodonlashtirilgan yerida tashkil etilgan. 1967-yildan 1974-yilgacha 580 ga yaqin koʻchmanchilar yangi Ogata qishlogʻida istiqomat qilishgan va oʻzlari bilan oilalarini ham olib koʻchib oʻtishgan[4].

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[5], Ogata aholisi soʻnggi 40 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19600—    
19701,64—    
19803,334+103.3%
19903,286−1.4%
20003,323+1.1%
20103,218−3.2%
20203,011−6.4%

Iqtisodiyoti

tahrir

Ogata iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga, asosan sholi yetishtirishga asoslangan.

Taʼlim tizimi

tahrir

Ogata qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda oʻrta maktab mavjud emas. Bu yerda Akita prefektura universiteti Ogata kampusi joylashgan.

Transporti

tahrir

Ogata hududida hech qanday temir yoʻl yoki avtomobil yoʻllari mavjud emas.

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

tahrir
  • Ogata Fuji
  • Gilos va kolza gullari yoʻli
  • Ogata-muradagi Polder muzeyi
  • Ogata Mur Onsen
  • Sun Rural Ogata mehmonxonasi
  • KATA dehqon bozori
  • Seitaikei bogʻi
  • Yovvoyi qushlarni kuzatish stantsiyasi
  • Janubiy nasos stansiyasi
  • Xachirogata meliorativ yodgorligi
  • Kenglik va uzunlik kesishmasi yodgorligi
  • South Pond Park (Minami no Ike)
  • Maydondagi golf maydonchasi
  • NHK Ōgata uzatuvchisi (774 kHz uzatish uchun ishlatiladi 500 kVt quvvatga ega)

Mahalliy bayramlar

tahrir

Hachirogata Ekiden estafetasi

tahrir

Hachirogata Ekiden 1964-yil 15-sentyabrdagi melioratsiya marosimini xotirlash uchun har yili sentyabr oyining boshida oʻtkaziladigan estafeta hisoblanadi.

Ogata shahridagi yangi guruch hosili festivali

tahrir

Guruch va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish va namoyish etish maqsadida tashkillashtiriladigan detival hisoblanadi.

Ogata Shrine Reitaisai festivali

tahrir

Har yili 10-sentyabrda yaxshi hosil olinganligi uchun ibodat qilish maqsadida boʻlib oʻtadigan Shinto festivali. Namoyishchilar ziyoratgohga ketayotib, qishloqni aylanib oʻtadi.

Ogata sanʼat va madaniyat festivali

tahrir

Ōgata badiiy va madaniy guruhlari oʻz asarlarini namoyish etadilar shuningdek turli xil sahna asarlarini ham ijro etadilar.

 
40° Shimol va 140° Sharq oʻtish nuqtasi

Jahon iqtisodiy harakati

tahrir

1993-yildan beri Ogata Solar Sports Lineda avgust oyida oʻtkaziladigan yillik quyosh bataraeyasi quvvati bilan va elektr bilan harakatlanovchi avtomobillar poygasi.

Qishloq xalqaro miqyosda quyosh-avtomobil va eko-avtomobil poygalari bilan ham mashhur.

Akita prefekturasidagi eshkak eshish musobaqasi — yozgi regatta

tahrir
 
Ogata qishlogʻidagi suv yoʻli

Regata iyul oyida Ogata eshkak eshish kursi qatnashchilarida uchun qishloq hududida boʻlib oʻtdi. Gʻolib jamoa milliy musobaqaga yoʻl oladi.

Qishloq 2021-yil iyul oyida Tokioda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga eshkak eshish boʻyicha Daniya milliy terma jamoasini qabul qilgan[6][7][8].

 
Ogata Fuji

Oga yarim oroli va Ogata geoparki

tahrir

2011-yil sentyabr oyida Ogata va Oga Siti Yaponiya Geoparklar tarmogʻining qoʻshma aʼzosi sifatida tasdiqdan oʻtgan.

Taxminan 30 km har ikki tomonda joylashgan nisbatan ixcham geoparkda yerning 70 million yil oʻtmishga ega tarixi, yaqin ketma-ketlikda kuzatilishi mumkin boʻlgan toʻliq qatlam, jumladan, Yaponiya arxipelagining qitʼadan ajralishi, Yapon dengizining shakllanishi va bugungi kungacha davom etayotgan keng koʻlamli iqlim oʻzgarishi tufayli atrof-muhit oʻzgarishlarini koʻrish mumkin. Bundan tashqari, Yaponiyadagi sobiq eng katta laguna — koʻlning „Hachirogata“ dan tugʻilgan Ogata Yaponiyaning eng yirik melioratsiya markazi hisoblanadi.

Qardosh shahar bilan munosabatlari

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir