Almeriya — Ispaniya janubidagi shahar va Oʻrta dengiz sohilidagi port. Andalusiya muxtor viloyatida. Almeriya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 154,3 ming kishi (1991). Almeriya orqali temir va qoʻrgʻoshin rudalari, oltingugurt, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chetga joʻnatiladi. Vino sanoati rivojlangan; musiqa asboblari ishlab chiqariladi, charm poyabzal, sellyuloza-qogʻoz, sement sanoati korxenalari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan arablar qurgan Al-Qasaba qal’asi (VIII-XI asrlar), shuningdek XV asrda qurilgan sobor saqlangan[1].

Almería
shahar
Skyline of Almería
Almería
Bayroq
Almería
Gerb
36°50′0″N 2°27′0″W / 36.83333°N 2.45000°W / 36.83333; -2.45000
Mamlakat Ispaniya
Avtonom jamoat Andalusiya
Провинция Almería
Hukumat
 • Alkald Luis Rogelio Rodríguez-Comendador Pérez
Asos solingan 955
Avvalgi nomlari Ursi
Maydon 295 km2 (114 kv mi)
Balandlik NUM 23 m
Aholisi
 (2010)
190 013
Zichligi 616 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Pochta indeks(lar)i 04001-04009
Almería xaritada
Almería
Almería

Almería Ispaniyaning Andalusiya mintaqasida joylashgan shahardir. Almería provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni — 295 km2. Aholisi — 190013 kishi (2010).

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil