С (kirill)
S — oʻzbek Kirill alifbosining oʻn toʻqqizinchi harfi. Til oldi, sirgʻaluvchi, shovqinli, jarangsiz undosh fonemani ifodalaydi. Qoʻllanishi jihatdan faol fonemalar qatoriga kiradi. Soʻz boshida (sabr, sodiq, soʻroq), oʻrtasida (asta, osmon, hodisa) va oxirida (asos, tus, xolis) kela oladi. Turkiy xalqlar, jumladan, oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan yozuvlarda S harfi oʻzga shakllarda uchraydi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |