Сhilustun masjidi
Chilustun masjidi — Navoiy viloyati, Nurota shahri, Chashma majmuasida joylashgan yodgorlik.
Chilustun masjidi | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Chilustun masjidi |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | masjid |
Shahar | Navoiy |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | XVI asr |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Tarixi
tahrirMasjid XVI asrda Buxoro xonligida hukmronlik qilgan Shayboniylar sulolasi davrida bunyod etilgan. Chilustun masjidi Nurotadagi Chashma majmuasida qurilgan boʻlib, jome masjididir. Masjidda 16 ustun mavjud boʻlsada, Chilustun yaʼni qirq ustun sifatida xalq tomonidan nomlangan. Masjid 25 ta gumbazchadan iborat. Markaziy gumbazi sakkiz qirrali boʻlib, gumbazlari ganchkor panchalar bilan bezatilgan. Masjid gumbazlarida tuynuklar mavjud boʻlib, ular masjid ichkarisiga yorugʻlik tushurib turgan. Masjid yon tomonlarida miyonxona boʻlib, eshiklar orqali ularga yorugʻlik tushadi. Masjid ustida balandligi 6 metr boʻlgan minoracha boʻlib, unda azon aytilgan.
Hozirgi kunda XVI asrda qurilgan masjidning faqatgina toʻsini saqlanib qolgan. Masjid peshtoqida 1903—1904-yillar qayd etilgan. Aynan shu yillarda masjid qayta tubdan taʼmirlangan. Uning qurilishida buxorolik meʼmor Usta Abdushukur va sarkorlik Tursunxoʻja Eshon, mahalliy ustalardan Ustod Shams, Ustod Rustam, Ustod Xoʻja, Ustod Qalandar va Ustod Rahmonqullar ishtirok etgan. Masjidning ustunli marmarlarini bezash va tayyorlashda Abdurahim Turdiyev va Abdurahmon Turdiyevlar qatnashganlar[1].
Masjidda 2010-yilda taʼmirlash ishlari olib borilgan. Masjid peshtoqida Qur’oni Karimning „Tavba“ surasining 108-oyati keltirilgan. Peshtoq suls xatida boʻlib, kitobani toshkentlik xattot Bahodir Solihov bitgan[2]. Kirish eshigida esa suls xatida duo yozilgan[3]. Masjid shimol tomonidan kirish peshtoqida ham Qur’oni Karimning „Tavba“ surasi 112-oyati keltirilgan. 2010-yilgi taʼmirlash natijasida kitobani suls xatida Bahodir Solihov bitgan[4]. 2009—2010-yillardagi olib borilgan taʼmirlash natijasida Chilustun masjidida 7 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ sarflangan[5].
Nuratoning «Chashma majmuasida» joylashgan «Chilustun» jome masjidi nuratoliklarning fahri hisoblanadi. Masjid juda qadimiy bo’lib uni oxirgi marta Eshon Tursunxo’ja (Sudur) qurdirgan. Chilustun jome masjidining tashqi ko’rinishi kvadrat shaklida bo’lib uning mehrobi g’arbiy devorga tutashtirilgan.
Masjidning peshtoqi an’anaviy, sharqona «P» harfi shaklida bo’lib, peshtoq ortida bejirimgina minora masjidga salobat berib turadi. Gulasimon shaklda qurilgan minora 5, 63 metrdan iborat. Muazzin azon aytadigan azonxonaga minora ichidagi aylanma zinalardan chiqiladi. Masjidning poydevori ikki qator marmar plitalardan terilgan. Masjid devorlari ichkaridan gulganch amalida bir tekis suvalgan. Masjidga to’rtta eshikdan kirilgan. Masjidlar sharqona uslubdagi har xil geometrik shakllar bilan bezatilgan.
Kirish darvozasi marmar ustunlarga mahkam o’rnatilgan. Yog’ochdan yasalgan sardari mayda bezaklar bilan to’ldirilgan. Nuratolik arxitektor olim Dodo Nozilovning fikricha «Chil ustun» majidi Eshoni Sudur davrida uchinchi marta qurilganda uning bosh me’mori buxorolik Mullo Abdushukur bo’lgan.
Masjid birinchi marta IX asrda ikkinchi marta XVI asrda, uchinchi marta o’tgan asrmizning boshida qurilgan. Masjidning marmar bezaklari G’ozg’onlik mashhur sangtaroshlar Abdurahim va Abdurasul Turdiyevlar ijodiga mansub. Ayniqsa Abdurayim Turdiyev tomonidan ishlangan mehrob oliy san’at asari darajasiga ko’tarilgan. Masjid darvozalari va bolodarilarda amalga oshirilgan yog’och o’ymakorliklari usto Shams amalidir. Masjid qurilishida mahalliy ustolardan usto Rahmonqul, usto Xo’ja, usto Rustam, usto Qalandar va boshqalar qatnashgan. Sho’rolar davrida masjid avval ombor bo’lib, unda bug’doy, keyinchalik ximikatlar saqlangan. O’tgan asrning 70 yillarida masjid binosi gilam to’qish fabrikasi sifatida faoliyat ko’rsatgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 131.
- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 133.
- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 135.
- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 137.
- ↑ jomeʼ masjidi[sayt ishlamaydi]
Adabiyotlar
tahrirIlmiy adabiyotlar
tahrir- Абдухолиқов Ф, Ртвиладзе Э, Ҳакимов А, Абдуҳалимов Б, Мансуров А, Маннонов А, Муҳамедов Н, Раззоқов А, Раҳимов К. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий. Тошкент: Uzbekistan Today, 2015 — 376-bet. ISBN 978-9943-4509-5-0.
Havolalar
tahrir- „Чилустун жомеъ масжиди“. 2014-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.