„Kunafa“ shirinligi
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
„Kunafa“ shirinligi- Kunafa soʻzi arabcha „kanafa“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, u oʻrab olish degan maʼnoni anglatadi. Kunafa – bu xamir iplaridan tayyorlangan shirinlik, unga sariyogʻ, shakar va maydalangan yongʻoq qoʻshiladi.
Tarixi
tahrirKunafa – Shom va Misrdagi mashhur shirinliklardan biri, ayniqsa, Falastindagi „Nabulsiyya Kunafasi“ eng mashhur va u hamma fasl va mavsumlarda keng tarqalgan shirinliklardandir. U ayniqsa ramazon oylarida koʻp tayyorlanadi. Bu roʻza tutgan odamni iftordan keyin quvvatlantiradi va unga kerakli energiya va kaloriyalarni beradi Ular koʻp miqdorda shakar va vitaminlarga boy va bir qancha oqsil, yod, temir va fosforni oʻz ichiga oladi. Kunafa toʻy, ziyofat, muvaffaqiyatli tantana va oilaviy uchrashuvlar kabi barcha bayram tadbirlarida taqdim qilinadi. Kunafaning masalliqlari: Kunafa asosan xamir iplari, sariyogʻ va shakardan iborat boʻladi, unga maydalangan yongʻoq ham qoʻshiladi. Bu asosiy masalliqlar uchundir. Lekin kunafaning har xil turlari va shakllariga qaramay, sut, pishloq, qaymoq, kraxmal, vanilin va shantilly kremi shakarli kukun kabi boshqa masalliqlarni ham kiritish mumkin. Kunafa qirgʻichdan chiqarilgan pishloq, tayyor kunafa xamiri, sariyogʻ, akkavi pishlogʻi va un yordamida tayyorlanadi. Sirop esa, shakar, atirgul sharbati, gullar sharbati va limon sharbati yordamida tayyorlanadi. Kunafa mazali va toʻyimli shirinlik. Bu shirinlikni barcha insonlar sevib isteʼmol qiladilar. Lekin, zarar keltirmasligi va semirib ketmaslik uchun uni meʼyorida isteʼmol qilish kerak boʻladi
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir„ARAB MAMLAKATLARI MADANIYATI VA ANʼANALARINI OʻRGANAMIZ“ kitob 160bet
- ↑ „Kunafa tayyorlang“. uzobservatoria (23-fevral 2022-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.