„Chorvachilik fidokori“ ko'krak nishoni

"Chorvachilik fidokori" koʻkrak nishoni-davlat mukofotlaridan biridir. Ushbu koʻkrak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida“ 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-son qaroriga muvofiq chorva mollari bosh sonini barqaror koʻpaytirishni taʼminlash, naslchilik ishlari va veterinariya xizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada oshirish, epizootik osoyishtalik va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash, oziqa bazasini mustahkamlash va chorvachilik mahsulotlarini sanoat usulida ishlab chiqarishda fidoyilik koʻrsatayotgan xodimlarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan.

"Chorvachilik fidokori" ko'krak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turi davlat mukofoti
Taqdirlash asosi chorvachilikni rivojlantirish, chorva mollari naslini yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshgani uchun
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2022-yil 8-fevral

Koʻkrak nishoni bilan mamlakatimiz chorvachiligini va uning barcha tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, chorva mollarining naslini yaxshilash, oziqa bazasini mustahkamlash, naslchilik yoʻnalishidagi chorvachilik xoʻjaliklari faoliyatini hamda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda yirik tadbirkorlik subyektlari koʻpaytirilishi, naslchilik-seleksiya ishlarini yuritishning ilmiy asoslangan innovatsion uslublarini joriy etish, sunʼiy urugʻlantirishni tizimli tashkil etish, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga munosib hissa qoʻshgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari taqdirlanadi.

Hujjatlarni koʻrib chiqish

tahrir

Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga har yili 1-iyulga qadar taqdim etadi.

Nomzod boʻyicha taqdim etilgan taklifga nomzod haqida maʼlumotnoma, uning soʻnggi uch yil davomida chorvachilik va uning barcha tarmoqlari, shu jumladan, naslchilik sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma ilova qilinadi.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita raisi tomonidan 5 nafardan iborat tarkibda komissiya tashkil etiladi. Komissiya tomonidan nomzodlarning hujjatlari oʻrganilib, har yili 1-avgustga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi[1].

Talablari

tahrir

Komissiya tomonidan nomzodlarni koʻrib chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:

-nomzodlarning mamlakatimizda yirik va mayda shoxli chorva mollari bosh sonini koʻpaytirish, oziqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini yaxshilash hamda sohaga innovatsion ishlanmalarni joriy qilish borasidagi faoliyati;

-xorijiy mamlakatlar bilan chorvachilik sohasi boʻyicha har taraflama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati; epizootik osoyishtalik, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etishga, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga munosib hissa qoʻshganligi.

Taqdirlash tartibi

tahrir

Komissiya xulosasi asosida Qoʻmita raisining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 20-avgustga qadar chiqariladi. Mazkur mukofot bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mablagʻi bilan har yili 1-sentyabr – Mustaqillik bayrami arafasida taqdirlanganlarga topshiriladi[2]. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati Qoʻmitaning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.

TAVSIFI

tahrir

„Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori“ koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Koʻkrak nishonining old tomoni markazida, atrofida chorva mollariga mehr bilan yondashayotgan va ulardan zavqlanib oʻtirgan chorvador kompozitsiyasi zarhal rangda tasvirlangan. Tasvirlar qavariq boʻlib, tilla rangda aks ettirilgan. Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan doira ichida yashil rangli emal fonida yuqori qismida „OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI“, pastki qismida „CNORVACNILIK FIDOKORI“ soʻzlari yozilgan. Ularni ikki yon tomondagi oq rangda tasvirlangan sakkiz burchakli yulduz ajratib turadi. Harflarning balandligi 2,5 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Koʻkrak nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan hamda aylana boʻylab „SONADAGI KOʻP YILLIK FIDOKORONA MENNATLARI UCNUN“ soʻzlari yozilgan. Koʻkrak nishonining qalinligi 2,5 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan. Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrt burchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni – 26 millimetr, boʻyi – 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli yashil rangdagi shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning oʻng tarafidan eni 1,75 millimetrli oq rangdagi 2 ta yonma yon yoʻllar tushirilgan. Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Veterinarlar va chorvadorlar uchun ko'krak nishoni tasdiqlandi“. Norma (29-sentyabr 2022-yil). Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.
  2. „«Veterinariya fidoyisi» va «Chorvachilik fidokori» nishonlari ta’sis etiladi“. Xabar (17-mart 2022-yil). Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.

Havolalar

tahrir