„Hadra“ sport sogʻlomlashtirish majmuasi

„Hadra“ sport sogʻlomlashtirish majmuasi – 1996-yilda 12-qurilish tresti OAJ tasarrufida qurib bitkazilgan. Maydoni 0,5 gektar.

Tuzilishi

tahrir

Tarkibida qishki tennis zali (2 ta kort), yozgi tennis maydoni mavjud (Hard qoplamali 2 ta kort), mashq zali, sauna, 80 tomoshabinga moʻljallangan tribuna mavjud. Asosan, tennis seksiyasi ishlaydi. Seksiyada 200 kishi shugʻullanadi. Majmuada yosh tennischilar oʻrtasida shahar va respublika musobaqalari oʻtkaziladi. Yaqinida „Gʻafur Gʻulom“ va „Chorsu“ metro bekatllari joylashgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent ensiklopediyasi 2009, s. 752.

Adabiyotlar

tahrir

Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780-bet.