„Ko‘ngilsizliklar xonasi“ (filmi)

Koʻngilsizliklar xonasi (The Disappointments Room) 2016-yilda D. J. Caruso tomonidan suratga olingan film. Uning ssenariysi Wentworth Miller tomonidan yozilgan boʻlib, Kate Beckinsale va Mel Raido er-xotin rolini ijro etgan. 2016-yilning eng qoʻrqinchli triller filmlaridan biridir. Film If Walls Could Talk filmidan ilhomlanib yaratilgan.

Ko'ngisizliklar xonasi
Fayl:The Disappointments Room.jpg
The Disappointments Room

Theatrical release poster
Rejissyor(lar) D. J. Caruso
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) D.J. Caruso
Wentworth Miller
Rollarda
Bastakor(lar) Brian Tyler
Kinematografiya Rogier Stoffers
Muharrir(lar) Vince Filippone
Studiya(lar)
Distribyutor Rogue
Relativity Media[1]
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 85 minutes[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $15 million[1][2]
Daromadi $5.7 million[1]

Dastlab 2014-yilda yakunlangan film 2016-yil 9-sentabrda Relativity EuropaCorp Distribution va Rogue[3] tomonidan ham tanqidiy, ham tijoriy muvaffaqiyatsizlikka uchragan va 15 million dollarlik byudjetdan atigi 5,7 million dollar ishlab topgan.

Syujeti

tahrir

Dana Barrow (Kate Beckinsale) ismli meʼmor eri David va ularning 5 yoshli oʻgʻli Lucas bilan Brooklyndan Shimoliy Karolina qishlogʻidagi Blacker mulkiga koʻchib oʻtadi. Bu yerga kelgach, Dana qonga belangan sirli kuchuk va dahshatli tushlarini koʻra boshlaydi. U uyning maydonchasida va loyihada koʻrsatilmagan maydonda qoʻlda yasalgan qabr toshini topadi. Bu yerda kirish eshigiga katta shkaf bilan toʻsib qoʻyilgan xona bor edi. Er-xotin shkafni olib tashlab, qulflangan eshikka duch kelishadi. Dana eshik romining tepasida kalitni topadi va xonaga kiradi. U yerda kuchuk tomonidan qiynalayotgan kichkina qizchani koʻradi va bundan juda qoʻrqib ketadi.

Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, bu yerda er-xotin bitta qizi bilan yashagan va qizi Catherine bir yil oldin vafot etgan.

Oʻz tajribasidan kelib chiqib Dana uyning tarixini oʻrganib, bu uy sudya Ernest Blackerga tegishliligi haqida bilib oladi, uning qizi Catherini Dananing qizi tugʻilgan kuni yaʼni 5-iyulda vafot etgan edi. Mahalliy tarixchi Judge unga Blackerlar oilasi haqida gapirib beradi. Chordoqda yashirin „Koʻngilsizliklar xonasi“ boʻlib, u yerda badavlat ijtimoiy oilalar nogiron yoki nogiron bolalarni bu yerda shafqatsizlarcha qiynashardi. U uyni oʻrganishga koʻproq vaqt ajratar ekan, Dananing ruhiy holati izdan chiqa boshlaydi va u dori-darmonlarni qabul qilishni toʻxtatadi. U Catherine, sudya Blacker kabi bezovta qiladigan tushlarni koʻra boshlaydi va David va Lucasni bu hatti-harakatlari bilan qoʻrqitib yuboradi. U sudya Blacker va missis Blackerning yashirin portretini topadi va uni yoqib yuboradi.

David Lucasning bu yerdagi birinchi tugʻilgan kuni munosabati bilan oilaviy doʻstlarini kutib olayotganda, Dana hovlidagi qabrni qazish uchun mahalliy usta Ben Phillipsni yollaydi. Sudya Blackerning arvohi Benni belkurak bilan oʻldiradi va Dana uning jasadi ochiq qabr ustidagi ilmoqqa osilganligini topadi. Qabrning ichida Catherinning deformatsiyalangan skeleti yotardi. Chodirda u yoqib yuborgan portretini butunlay buzilmagan holda topadi. Koʻngilsizliklar xonasiga kirib, u sudya Blackerning Catherinni bolgʻa bilan oʻldirganiga guvoh boʻladi, chunki xotini uni toʻxtatmoqchi boʻlgan edi. Blackerning iti Danaga hujum qiladi; u itning boʻynini sindirib tashlaydi va Blackerni bolgʻa bilan urib, oʻgʻlini oʻldirishdan toʻxtatadi. Bu orada Cahterinning sharpasi nihoyat ozod boʻladi va uydan qochib, gʻoyib boʻladi. David ichkariga yugurib kirdi va Dana Lucasni karavotga jahl bilan urganini koʻrdi. U Lucasni yotoqxonaga olib boradi, keyin Dana bilan gaplashish uchun qaytib keladi.

Dana Catherinning oʻlimi haqida oʻylaydi va u yerdan bir kundalik topib oladi, unda yozilishicha Catherinning onasi uning ustida uxlab qolganidan keyin boʻgʻilib vafot etgan edi. U Benning oʻldirilishi va jasadlar hammasu gallyutsinatsiya ekanligini anglab yetadi. David ular Brooklynga qaytishlarini va Dana tuzalib ketishini vaʼda qiladi. Ketishdan oldin u „Koʻngilsizliklar xonasi“dan eshikni olib tashlaydi va Dana Catherinnig haykalchalaridan birini oladi. Ular mashinda ketayotib, Dana derazadan ularga qarab turgan sudya Blackerni koʻradi.

Aktyorlar

tahrir
  • Kate Beckinsale – Dana Barrow rolida
  • Mel Raido – David Barrow rolida
  • Gerald McRaney – Sudya Ernest Blacker rolida
  • Lucas Till – Ben Phillips rolida
  • Duncan Joiner – Lucas Barrrow rolida
  • Michael Landes – Teddy rolida
  • Michaela Conlin – Jules rolida
  • Celia Weston – Marti Morrinson rolida
  • Ella Jones – Catherine rolida
  • Marcia DeRousse – Judge rolida
  • Joely Fisher – Dr. Asher rolida
  • Jennifer Leigh Mann – Laura rolida

Film yaratilishi

tahrir

Filmni ishlab chiqarish 2014-yil 8-sentabrda Shimoliy Karolina shtatining Greensboro shahrida boshlangan. 20-oktabr kuni Kate Beckinsale, Mel Raido va Michaela Conlin Greensborodagi Janubiy Elm koʻchasidagi binolar tashqarisida suratga tushishdi. Xuddi shu binolar tashqi koʻrinish uchun ishlatilgan, ammo bu binolar tasvirlangan sahnalar uchun ichki suratga olish yaqin atrofdagi Winston-Salemdagi Toʻrtinchi koʻchada boʻlib oʻtdi. Asosiy joylashuv uchun foydalanilgan uy 1930-yilda qurilgan va Greensboro tashqarisidagi Sedgefield Country Clubda Luther Lashmit tomonidan ishlab chiqilgan ingliz Tudor uslubidagi Adamsleigh mulki edi[4]. Filmning maxsus effektlari KNB EFX tomonidan taqdim etilgan[5].

Filmning uzoq davom etgan post-prodyuserlik jarayonida bir qator asosiy sahnalar va syujetlar qirqilgan yoki butunlay kesilgan. Cathrine chordoqdan umidsiz qarab turgan paytda qora tanlilar oʻtkazgan bogʻ ziyofati va missis Blackerning Catherinni qutqarishga uringani uchun oʻch sifatida erining iti tomonidan oʻldirilgani sahnasi shular jumlasidandir.

Premyerasi

tahrir

Relativity Media bu filmni chiqarish jarayonida bankrotligi toʻgʻrisida ariza berib, film homiysini qidirayotgan edi[6]. Homiyga ega boʻlgandan soʻng Relativity Media filmni 2016-yil 25-martda chiqishini rejalashtirdi[7]. 2016-yilning 14-martida Kidnap filmi premyerasi oʻsha yilning avgust oyida oʻtkazilishi maʼlum boʻldi, bu esa The Disappointments Room va Before I Wake ning premyeralarini toʻxtatib qoʻyishi mumkin edi[8]. Relativity Media oʻzining yangi filmlar jadvalini eʼlon qilganda, „Koʻngilsizliklar xonasi“ 2016-yil 18-noyabrga koʻchirildi[9]. Keyin u 2016-yil 9-sentyabrga koʻchirildi[10]. Film 2017-yil 19-aprelda Qoʻshma Shtatlardagi Netflix saytiga qoʻshildi[11].

Daromadi

Amerika Qoʻshma Shtatlarida „Koʻngilsizliklar xonasi“ 2016-yil 9-sentabrda „Sully, When the Bough Breaks“ va „The Wild Life“ filmlari bilan birga chiqdi va dam olish kunlarida 1554 ta kinoteatrdan 1–2 million dollar yigʻishi kutilayotgan edi. Lekin dam olish kunlarida u 1,4 million dollar yigʻib, kassada 17-oʻrinni egalladi[12]. Ikkinchi haftada hamon 1554 ta kinoteatrda namoyish etilayotgan film bor-yoʻgʻi 377 322 dollar yigʻib, 24-oʻringa tushib ketdi.

Uchinchi haftada „Koʻngilsizliklar xonasi“ 36 tadan tashqari barcha kinoteatrlardan (97,4%) olib tashlandi. Bu filmni uchinchi haftada tashlab qoʻygan kinoteatrlarning eng yuqori foizi boʻyicha rekord oʻrnatdi va bu mashhur flop Gigli filmidan 97,2% da oshib ketdi[13][14]. Toʻrtinchi haftaga kelib, faqat oʻnta kinoteatrda film namoyish etilib, atigi 3749 dollar daromad tushdi.

Tanqidiy fikrlar Rotten Tomatoes veb-saytida koʻrib chiqqan 27 ta tanqidchilarning deyarli hech qaysisi ijobiy fikr bildirmadi. Veb-saytning izoh larida shunday fikrlar bor edi: „Koʻngilsizlikar xonasi oʻz nomiga qaraganda hayajonsiz triller boʻldi[15].“ Metacritic-da 7 ta tanqidchilarga asoslanib 100 balldan atigi 31 ball yigʻa oldi[16]. CinemaScore tomonidan tomoshabinlar oʻrtasida filmga A+ dan F gacha boʻlgan shkala boʻyicha oʻrtacha „D“ bahosini berishgan[17].

Variety jurnalidan Jo Leydon shunday deb yozgan edi: „Kate Beckinsalening ijrosiga qaramay, D. J. Karuzoning trilleri oʻz nomiga mutlaqo munosib ekanligini taʼkidlaydi“. Leydon film yaxshi boshlanganini, kinematografiya esa Beckinsalening ijrosini yuqori baholadi[18]. The Hollywood Reporter muxbiri Stephen Farber filmning oʻziga xosligi yoʻqligini tanqid qilib, shunday dedi: „Ssenariyda qorongʻu eski uy ichida yana bir sayohat qilish uchun yetarlicha yangilik yoʻq“[19].

Yana shuningdek

tahrir

Tashqi havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „The Disappointments Room (2016)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2017-yil 9-yanvar.
  2. „Box Office: Tom Hanks’ ‘Sully’ Set to Land With Moderate $25 Million“. Variety.
  3. https://thewrap.com/relativity-moves-up-kate-beckinsale-thriller-the-disappointments-room-by-2-months/
  4. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Winston-Salem_Journal
  5. http://birthmoviesdeath.com/2016/09/09/the-disappointments-room-isnt-worthy-of-your-lame-puns
  6. https://variety.com/2015/biz/news/relativity-bankruptcy-ryan-kavanaugh-1201536494/
  7. https://deadline.com/2015/12/relativity-release-dates-masterminds-kidnap-the-disappointments-room-1201653460/
  8. https://thewrap.com/relativity-kevin-spacey-exit-75-million-funding-release-slate/
  9. https://blogs.wsj.com/bankruptcy/2016/03/14/relativity-media-reveals-new-film-schedule/
  10. https://bloody-disgusting.com/movie/3403201/guess-wake-just-got-pulled-release/
  11. „arxiv nusxasi“. 2018-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-sentyabr.
  12. https://deadline.com/2016/09/sully-glides-in-with-1-35m-for-warner-bros-thursday-box-office-1201815274/
  13. https://boxofficemojo.com/movies/?page=weekend&id=disappointmentsroom.htm
  14. https://boxofficemojo.com/alltime/theaterdrops.htm?sort=bochange&order=ASC&p=.htm
  15. https://www.rottentomatoes.com/m/the_disappointments_room
  16. https://metacritic.com/movie/the-disappointments-room
  17. „arxiv nusxasi“. 2018-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-sentyabr.
  18. https://variety.com/2016/film/reviews/the-disappointments-room-reviews-1201857437/
  19. https://www.hollywoodreporter.com/review/disappointments-room-review-927156

AQSh