1000 Forms of Fear – avstraliyalik qoʻshiqchi Sianing oltinchi studiyaviy albomi boʻlib, 2014-yil 4-iyulda Monkey Puzzle, RCA Records va Inertia Records leybllari tomonidan chiqarilgan. Lirik maʼnoda, yozuv oʻsha paytda giyohvandlik va bipolyar buzuqlik bilan kurashayotgan Sia haqida[1][2].

1000 Forms of Fear
Sia albomi
Chiqarilgan sanasi 4-iyul, 2014-yil(2014-07-04)
Yozib olingan sanasi 2013–2014-yillar
Studiya
  • Echo (Los Angeles)
  • Larrabee (North Hollywood)
  • The Lodge (New York)
Janr Electropop
Davomiyligi 48:41
Leybl
  • Inertia
  • Monkey Puzzle
  • RCA
Prodyuser(lar)
Sia xronologiyasi
Best Of…
(2012)
1000 Forms of Fear
(2014)
This Is Acting
(2016)
1000 Forms of Fearga kiritilgan singllar
  1. „Chandelier“
    Chiqarilgan sana: 17-mart 2014-yil
  2. „Big Girls Cry“
    Chiqarilgan sana: 25-iyun 2014-yil
  3. „Elastic Heart“
    Chiqarilgan sana: 9-yanvar 2015-yil
  4. „Fire Meet Gasoline“
    Chiqarilgan sana: 19-iyun 2015-yil

1000 Forms of Fear musiqa tanqidchilaridan ijobiy sharhlarni qabul qilib oldi. Ular Sianing vokalini va albomning lirik mazmunini yuqori baholashdi. Albom birinchi haftada 52,000 nusxada sotildi va Billboard 200 reytingida birinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, Avstraliya va Kanada chartlarida ham birinchi oʻrinni egalladi hamda Daniya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Shveysariya va Buyuk Britaniyada kuchli beshlikka kirdi. 2016-yil yanvar oyi holatiga koʻra, albom butun dunyo boʻylab 1 million nusxada sotilgan[3].

Albom toʻrtta singlni oʻz ichiga oladi. Uning 2014-yil mart oyida chiqarilgan asosiy singli „Chandelier“ butun dunyo boʻylab top-10 singlga aylandi. Trek AQShning Billboard Hot 100 reytingida sakkizinchi oʻrinni egalladi va Sia tomonidan bosh ijrochi sifatida chartga kirgan birinchi qoʻshiq boʻldi. „Big Girls Cry“ taronasi esa 2014-yil iyun oyida chiqdi. „Elastic Heart“ taronasi dastlab The Weeknd va Diplo bilan hamkorlikda ijro etilgan boʻlib, 2015-yil yanvar oyida chiqdi va Hot 100 chartining eng yaxshi 20 taligiga kirdi. „Fire Meet Gasoline“ singli esa toʻrtinchi va oxirgi singl sifatida 2015-yil 19-iyunda Germaniyada chiqarildi. „Chandelier“ trekining rasmiy klipi YouTubeda 2 milliard martadan, „Elastic Heart“ klipi esa 1 milliard martadan ortiq tomosha qilingan.

1000 Forms of Fear“ albomi bilan 2014-yilda Sia uchta ARIA Music Awards mukofotiga sazovor boʻldi. Shuningdek, albom bir nechta nashrlar, jumladan The Boston Globe va Rolling Stone tomonidan 2014-yilning eng yaxshi albomlaridan biri sifatida qayd etildi. Albomning asosiy singli hisoblangan „Chandelier“ taronasi esa „Yil qoʻshigʻi“, „Yil rekordi“, „Eng yaxshi yakkaxon pop ijrosi“ va „Eng yaxshi musiqiy video“ uchun toʻrtta Grammy nominatsiyasini oldi.

Manbalar

tahrir
  1. „sia tweets about health“ (2019-yil 6-oktyabr). 2019-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-fevral.
  2. „Usually private Sia goes public with Ehlers-Danlos diagnosis and more“. Los Angeles Times (2019-yil 7-oktyabr). 2021-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-fevral.
  3. „Sia reclaims the songs Adele, Rihanna and Beyonce rejected to rewrite the pop blueprint“. News Corp Australia Network (2016-yil 29-yanvar). 2016-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-oktyabr.

Havolalar

tahrir