13-hudud: Muqoyasa
13-hudud: Ultimatum yoki D13-U (fransuzcha: Banlieue 13[3]) 2009-yilda taqdim etilgan jangari antiutopik film. 13-hudud filmining davomi[4].
13-hudud: Ultimatum | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Patrick Alessandrin |
Prodyuser(lar) | Luc Besson |
Ssenariynavis(lar) | Luc Besson |
Rollarda |
David Belle Cyril Raffaelli |
Studiya(lar) |
EuropaCorp TF1 Films Production Canal+ CiBy 2000 CinéCinéma Sofica Europacorp |
Distribyutor |
EuropaCorp (Fransiya) Momentum Pictures Magnolia Pictures[1] |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 106 minut |
Mamlakat | Fransiya |
Til | Fransuz tilida |
Byudjeti | $13,6 million |
Daromadi | $14.1 million[2] |
Avvalgi film | 13-hudud |
Syujeti
tahrirFransiya ma’muriyati Parij shahrining 13-hududini obodonlashtirishga, bu yerda tartib oʻrnatishga va’da bergan. Biroq, va’dalarning birortasi ham bajarilmagan, bu hududda jinoyatchilik avvalgidan ham battar avj olgan. Hududda bir nechta jinoiy guruhlar gegemonlik qiladi. Mamlakat ichki xavfsizlik xizmati (DISS)ning bir guruh xodimlari esa guruhlar oʻrtasida nizo keltirib chiqarib, ushbu nizolarni videotasmaga tushirib, materialni Fransiya Prezidentiga taqdim etadilar. Korrupsiya botqogʻiga botgan Xizmat xodimlarining maqsadi – “hududni bezori aholisi bilan birga bombardimon qilish va hamkorlar ko’magida zamon talabiga mos yangi shahar barpo etish”dan iborat. Bu ishlarga “halaqit” beradigan asosiy shaxslar – Damien Tomasso ishdan chetlatiladi, Leïto esa qamoqqa olinadi. Damien Leïtoni qamoqdan qochishiga yordam beradi. Leïto Damienga bir guruh yuqori amaldorlarning 13-hududni yer bilan yakson qilish rejasi borligini tushuntiradi. Damien va Leïtoning bir nechta doʻstlari birgalikda DISS xizmati bir guruh xodimlarining asl maqsadlari haqidagi dalillarni qoʻlga kiritadilar. Asosiy vazifa – yuqoridagi dalillarni Prezidentga koʻrsatib, 13-hudud aholisini saqlab qolishdan iborat.
Rollarda
tahrirAktyor | Rol |
---|---|
David Belle | gangster Leïto |
Cyril Raffaelli | zobit Damien Tomasso |
Philippe Torreton | Fransiya Prezidenti |
Daniel Duval | Walter Gassman |
Élodie Yung | Tao |
MC Jean Gab'1 | gangster |
Fabrice Feltzinger | Montana |
James Deano | Karl |
La Fouine | Ali-K |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ [1]
- ↑ http://www.jpbox-office.com/fichfilm.php?id=10544
- ↑ http://www.imdb.com/title/tt1247640/releaseinfo
- ↑ „Banlieue 13 ultimatum: Casting complet“ (fransuzcha). AlloCiné. Qaraldi: 1-noyabr 2008-yil.