16-maktab
16-maktab (avval Mirzo ulugʻbek nomidagi 16-sonli umumiy taʼlim maktabi) – Toshkent viloyati Bekobod shaharda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi.
Maktab ijroiya komiteti qarori bilan 1963-yilda qurilishi boshlanib 1964-yilda 8 yillik maktab sifatida foydalanishga topshirilgan. 1964-yil 1-sentabrda maktabda birinchi qoʻngʻiroq chalindi va 850 oʻquvchi bilan maktab oʻz tarixini yozishni boshladi. 1966 – 1969-yillar davomida maktabga Abduraimov Toshpoʻlat Abduraimovich direktorlik qildi. Rahmatullayev S, Hasanova, Jabborovalar 1968-yilda birinchi boʻlib 10-sinfni bitirdilar.
Zokirov Madamin Zokirovich – 1970 – 1985-yillar davomida 16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga rahbarlik qildi. Ular rahbarlik qilgan vaqt davomida maktab jamoasi 40 kishidan iborat edi
1986-yildan boshlab maktab rahbarligiga Boboyeva K tayinlandi. Ularning rahbarligi 15 yil (2001-yilgacha) davom etdi.
Yangi asrda maktabga yangi direktor etib tayinlangan Marupova O. Sh. maktabda 20 yil davomida faoliyat yuritdi va 2021-yilda nafaqaga chiqdi.
Amaldagi maktab rahbari Mamatkulova Mavluda Dehkanovna 2021-yildan buyon maktab direktori lavozimida ish yuritadi.
Uzoq yillar davomida maktab turli xil yutuqlarga erishdi. Jumladan, 2006-yilda 16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi respublikadagi eng yaxshi maktab deya tan olindi. Soʻnggi yillardagi yutuqlar haqida gap ketganda „Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab“ olimpiadasida 16-maktab jamoasi 2022, 2023 va 2024 yillarda, 3 yil ketma ket shahar bosqichida gʻolib chiqib viloyat bosqichida ham ishtirok etib kelishayapti. Hozirgi kunda maktabda qariyb 70 nafar oʻqituvchi ishlaydi va 1100 nafardan ortiq oʻquvchi taʼlim olib keladi