172 kun
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
172 kun — Nadzira Shafaning xuddi shu nomdagi romani asosida, rejissyor Hadra Daeng Ratu tomonidan 2023-yilda suratga olingan Indoneziya dramatik filmi. Starvision Plus tomonidan ishlab chiqilgan mazkur filmda Yasmin Napper va Bryan Domani asosiy qahramonlarni gavdalantiradi. 172 kun filmining premyerasi 2023-yil 23-noyabrda kinoteatrlarda boʻlib oʻtgan[1].
172 Days | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Hadrah Daeng Ratu |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Archie Hekagery |
Qaysi asarga asoslangan |
172 Days –Nadzira Shafa |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Tya Subiakto |
Kinematografiya | Adrian Sugiono |
Muharrir(lar) | Aline Jusria |
Studiya(lar) | Starvision |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 103 minut |
Mamlakat | Indoneziya |
Til | Indonez tili |
Tavsifi
tahrir„172 kun“ filmi Zira (Nadzira Shafa) va Amirning sevgi va hijrat sayohati haqida hikoya qiladi. Zira islomdan yiroq muhitda tugʻilib oʻsgan qiz. U tez-tez ziyofatlarga borishni, spirtli ichimliklar ichishni va giyohvand moddalarni isteʼmol qilishni yaxshi koʻradigan doʻstlari davrasida ulgʻayadi.
Keyinchalik Nadzira Shafa hijrat qilishga qaror qiladi va yaxshiroq hayot kechirishni xohlaydi. Nadzira hijrat jarayonidan diniy bilimlarini oshirish va islom dini haqida koʻp narsalarni oʻrganish uchun turli diniy yigʻinlarda ishtirok etadi. Bir kuni Nadzira Shafo oʻqish joyida Amir Azzikra ismli din olimi bilan uchrashib qoladi.
Ziraning keskin oʻzgarishi Amirning eʼtiborini tortadi. Filmda Amir Indoneziyada juda mashhur din peshvosi va voiz, marhum Ustoz Orifin Ilhomning oʻgʻli boʻlib, u dindor, olijanob axloqli yigit sifatida tasvirlanadi.
Amir Ziraga yaqinlasha boshlaydi. Zirani tavba qilishga chorlaydi va unga oila qurish taklifini beradi. Zira Amirning taklifini qabul qiladi va ular turmush qurishadi. Zira va Amirning oilaviy hayoti juda baxtli tarzda kechadi. Ular bir-birlarini sevadilar va qoʻllab-quvvatlaydilar. Amir har doim Ziraga yaxshi musulmon ayol boʻlishida yoʻl-yoʻriq koʻrsatib boradi.
Biroq, ularning baxti uzoqqa choʻzilmaydi. Ogʻir xastalikdan aziyat chekayotgan Amir shifoxonada intensiv davolanishga majbur boʻladi. Zira ham Amirning ogʻir damlarida unga sadoqat bilan hamrohlik qiladi. Nihoyat, Amir juda yoshlik chogʻida — 22 yoshida kasalxonada dunyodan koʻz yumadi. Amirning vafot etishi Zirani chuqur qaygʻuga soladi.
Shunga qaramay, Zira sobitqadamlik bilan Amirning oʻlimini qabul qilishga tayyor boʻladi. Uning fikricha, Amir hozirgi hayotidan koʻra yaxshiroq joyga ketgan[2].
Qahramonlar
tahrir- Yasmin Napper Nadzira Shafa rolida
- Brayan Domani Amir Azzikra rolida
- Yoriko Angeline Intan rolida
- Amara Sofi Niki rolida
- Abun Sungkar Abun rolida
- Adhitya Putri Nadziraning opasi Bella rolida
- Ridvan Gani Herman rolida
- Sindi Fatika Sari Ziraning onasi rolida
- Tengku Firmansya Ziraning otasi rolida
- Meisya Siregar Yuning onasi rolida
- Xamas Syahid Muhammad Alvin Fayz rolida
- Oki Setiana Devi Ustoz Oki rolida
- Messi Gusti kichkina Zira rolida
- Alfie Alfandy Mang Amas rolida
- Uli Herdinansya shifokor Amer rolida
- Lula Kamal akusher rolida
- Nadzira Shafa masjidda yosh ona rolida
- M. N. Qomarruddin qatiqqoʻlustoz rolida
- Jerry Likumahva diskotekada DJ rolida
Manbalar
tahrir- ↑ „Film 172 Days Kapan Tayang di Bioskop? Ini Jadwal Tayang Film Kisah Cinta Nadzira Shafa dan Alm Ameer Azzikra“. Jatim Network.
- ↑ „172 kun subtitlar“. Kinotut.vip.