1920—1930-yillardagi Oʻzbekiston arxitekturasi
1920—1930-yillardagi Oʻzbekiston arxitekturasi — Tiklanish davri arxitekturasi xalq xoʻjaligining rivojlanishidagi qiyinchiliklar va yangi davr (1917-yildan)ning boshlanishi bilan bogʻliq. Yerga va arxitekturaka nisbatan davlat yakkahokimligining oʻrnatilishi, qurilishdagi krizis davrlari, yagona ijodiy tushuncha yoʻqligi (1917—1924-yillar) rejalashtirishda ham, shaharlar, turar-joylar va jamoat binolarining ramziy-badiiy yechimidagi yangi izlanishlarda ham arxitekturaviy krizisga va ijodiy qiyinchiliklarga olib keldi. Bu davrda Toshkentda ham, Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida ham sanoat va irrigatsiya inshootlari qurildi, qadimgi shaharlarning rivojlanishi hamda yangilarining vujudga kelishi (Chirchiq, Yangiyoʻl) shu bilan uzviy bogʻliq.
Shaharsozligi tarixi
tahrirOʻzbekiston shaharsozligi tarixida 20-30-yillarda shahar va manzilgohlar qurilishini yetuk arxitektorlar (Silchenko, N. Rusakov, N. Semyonov, G. Orlov, M. Bulatov, A. Kuznesov va boshqalar) shaharsozlik faoliyati misolida rejali tarzda olib borilishiga harakat qilindi. Toshkent bosh rejasi (1991-y. A.Silchenko va 1938-yil A. Kuznesov) bilan bir qatorda Samarqand shahar (1938—1939-yillar) va Chirchiq shahar (1936-yil G.Orlov) bosh rejalari ham ishlab chiqilgan edi. Shu bilan birga taʼkidlash joizki, Shohroh tarmogʻini yaratishda Moskva namunasi boʻyicha radial-halqa usulidan foydalanilgan. Biroq, agar Moskvada boshqa asoslar ham ancha tushunarli boʻlsa (markaz atrofidagi halqa yoʻllar), bu yerda unday asoslar yoʻq edi, ikkita markazning boʻlishi vazifani qiyinlashtirdi, mazkur shaharlar bosh rejalari mualliflarining asossiz rasmiy yondoshuvi shundan guvohlik beradi. Oʻzbekiston shaharsozlik amaliyotida shu yillarda uylar qurilishining mahalliy usullarini hisobga olishning dasdabki tajribalari paydo boʻldi, ularda joylashuv holati (shimol-janub) va mikroiqlim hisobga olingan (toʻqimachilik korxonasi ishchilar manzilgohining bosh rejasi, Konkurs nusxasi, 1930-yil)
Kommuna uylari
tahrirKommuna uylari — Oʻzbekistondagi koʻpqavatli turar-joy uylarining dastlabki namunalari. Ular 1930-yil oʻrtalarigacha respublikaning turli shaharlarida qurilgan „Mutaxassislar uylari“ning rivojlanishiga asos soldi. Ularda binoning, yozlik xonalar — balkonlar, ayvonlar, old devor bezak naʼmunalari hisobga olingan. Kam qavatli uylar rejasida (asosan konkurs loyihalarida) xalq turar-joy arxitekturasi anʼanalari saqlanib qoladi, turar-joy ichkarida hovli salmi boʻlgan koʻplab xonalar majmui, ayvoncha boʻlishi, ikkinchi qavatda moʻjaz-moʻjaz xonachalar ham mavjudligi shart deb tushuniladi.
Jamoat uylari arxitekturasi
tahrirJamoat binolari arxitekturasida uch uslubiy yoʻnalish kuzatiladi: Konstruktivizm (Toshkentdagi Hukumat uyi, 1930-yil, Andijondagi Davlat banki, 1928-yil); mumtoz namunalarga taqlid (Amir Temur xiyoboni oldidagi Mustaqillik (sobiq Pushkin) koʻchasi boshida joylashgan maʼmuriy bino, 1937-y), uchinchi yoʻnalish oʻzbek xalq arxitekturasi usullaridan foydalanish bilan izohlanadi. („Vatan“ kinoteatri, 1938-yil, Moskvadagi qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasining Oʻzbekiston paviloni, 1939-yil va hokazolar).