1992

Ming yilliklar: 2-mingyillik
Asrlar:
Oʻn yilliklar:
Yillar:

Oʻzbekiston

  • 1-yanvar — „Turkiston“ ijtimoiysiyosiy gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 8-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi televideniye va radioeshittirishlar davlat komiteti Oʻzbekiston davlat teleradioeshittirishlar kompaniyasiga aylantirildi. 8-yanvar. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzildi. „Prokuratura toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining yangi tahriri asosida (2001-yil 29-avgust) Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga aylantirildi.
  • 14-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy oʻquv muassasalari toʻgʻrisida“gi qarori asosida Oʻzbekistonning oʻz Qurolli Kuchlari tashkil etildi. Harbiy qoʻshilmalar, birlashmalar, harbiy oʻquv yurtlari, muassasalar, tashkilotlar, respublika hududida joylashgan boshqa harbiy qismlar Oʻzbekiston Respublikasi nazoratiga olindi. 1994-yildan shu sana Vatan himoyachilari kuni sifatida bayram qilinadi (Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 29-dekabr qaroriga koʻra).
  • 16-yanvar — „Narxlarni liberallashtirish choralari toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori eʼlon qilindi.
  • 21-yanvar — Toshkentda Oʻzbekiston Milliy olimpiada qoʻmitasi tashkil topdi.
  • 26-yanvar — Oʻzbekiston Yaponiya bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi.
  • 27-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi „Oʻzbekiston Respublikasi tarkibida Navoiy viloyatini tiklash toʻgʻrisida“ qaror qabul qildi.
  • 28-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga koʻra „Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasi“ tashkil etildi.
  • 30-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil qilindi. 30-yanvar. Oʻzbekiston Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YEXHT)ga qabul qilindi.
  • 6-fevral — Oʻzbekiston Respublikasi don mahsulotlari davlat konserni („Oʻzdonmahsulot“) tashkil etildi.
  • 6-fevral — Oʻzbekistonda yetakchi informatsion agentlik Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA) ga aylantirildi.
  • 10-fevral — Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi (Davlat mulki qoʻmitasi) tashkil etildi (2005-yil 4-maydan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi deb ataldi).
  • 12-fevral — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari milliy qoʻmitasining taʼsis konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
  • 14-fevral — Oʻzbekiston Qurolli kuchlari tarkibida Mamlakatni havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlari tuzildi.
  • 19-fevral — Oʻzbekiston AQSH bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi.
  • 21-fevral — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi.
  • 28-fevral — Andijon viloyatining Kuyganyor shaharchasida Andijon paxtachilik instituti negizida Andijon qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi.
  • Fevral — „Zarafshon-Nyumont“ Oʻzbekiston — AQSH qoʻshma korxonasini tashkil qilish toʻgʻrisida shartnoma imzolandi.
  • 2-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) aʼzoligiga qabul qilindi.
  • 6-mart — Oʻzbekiston GFR bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi.
  • 15-mart — Xorazm pedagogika instituti negizida Al-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universiteti tashkil etildi.
  • 15-mart — Andijon pedagogika instituti negizida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti tashkil etildi. 15-mart. Buxoro pedagogika instituti negizida Fayzulla Xoʻjayev nomidagi Buxoro davlat universiteti tashkil etildi.
  • 15-mart — Toshkent pedagogika institutining Navoiy filiali negizida Navoiy pedagogika instituti tashkil etildi.
  • 15-mart — Termiz pedagogika instituti negizida Termiz davlat universiteti tashkil etildi.
  • 15-mart — Namangan muhandislikiqtisodiyot instituti tashkil etildi. 15-mart. Qarshi pedagogika instituti negizida Qarshi davlat universiteti tashkil etildi.
  • 15-mart — Jizzax politexnika instituti tashkil etildi.
  • 16-mart — Toshkentda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi ochildi.
  • 18-mart — Oʻzbekiston Hindiston bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi.
  • 22-mart — Oʻzbekiston Xalqaro Olimpiada qoʻmitasiga aʼzo boʻldi.
  • 24-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Chegara qoʻshinlari tuzildi.
  • 27-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Roʻza hayiti va Qurbon hayiti 1-kunlarini dam olish kuni deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi.
  • 31-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tuzildi.
  • Mart — „Osiyo kontinental“ xalqaro savdo uyi tashkil topdi; Oʻzbekiston Xalqaro standartlashtirish tashkilotiga aʼzo boʻldi.
  • 27-aprel — Oʻzbekiston Xalqaro valyuta fondiga aʼzo boʻldi.
  • 28-aprel — Toshkentda Turkiya Respublikasi elchixonasi ochildi.
  • 30-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Yevropa Tiklanish va taraqqiyot ban-kiga aʼzo boʻldi.
  • Aprel — Samarqandda „Interosiyo—92“ Xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Unda qariyb 30 davlat vakillarining qoʻshma hamda xususiy korxona va firmalari oʻz mahsulotlarini namoyish etdilar.
  • 5-may — Respublika savdo vazirligi „Oʻzbeksavdo“ Oʻzbekiston davlat aksiyadorlik assotsiatsiyasiga aylantirildi.
  • 7-may — Toshkentda Oʻzbekiston birinchi pochta markasining takdimot marosimi boʻlib oʻtdi.
  • 11-14-may — Toshkentda „Oʻrta Osiyo va jahon sivilizatsiyasi“ mavzuida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
  • 15-may — Toshkent chet tillar pedagogika instituti va Respublika rus tili va adabiyoti instituti negizida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tashkil etildi.
  • 23-may — Shoir va mutafakkir Mashrab tavalludining 350 yilligi munosabati bilan Namanganda Boborahim Mashrab muzeyi va haykalining tantanali ochilish marosimi boʻldi.
  • 23-may — „Navroʻz“ xayriya jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida" Prezident farmoni chiqdi.
  • May — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining „Adolat“ nashriyoti tashkil etildi.
  • 9-10-iyun — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi mineral resurslarini oʻzlashtirish masalalari boʻyicha Xalqaro simpozium boʻlib oʻtdi.
  • 22-iyun — „Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida“gi qonun qabul qi-lindi.
  • 28-iyun — Toshkentda Pokiston Islom Respublikasi elchixonasi ochildi.
  • 2—3-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10-sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasining davlat gerbi toʻgʻrisida“, „Bayram kunlari toʻgʻrisida“gi qonunlar qabul qilindi.
  • 3-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.
  • 13-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ga qabul qilindi.
  • 5-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi (Oʻzistiqbolstat) tashkil etildi.
  • 7-avgust — Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida Ilyushin Il-114 samolyotining birinchi sinov parvozi boʻldi.
  • 10-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasi tashkil etildi.
  • Avgust — Shahrisabzda Amir Temur xotirasiga bagʻishlangan oʻzbek milliy kurashi boʻyicha birinchi xalqaro musobaqalar boʻlib oʻtdi.
  • 4-sentyabr — Oʻzbekiston Xalqaro geologiya ittifoqiga qabul qilindi.
  • 23-sentyabr — Toshkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashkil etildi.
  • 15-oktyabr — Toshkentda Xitoy elchixonasi ochildi.
  • Oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi Parlamentlararo ittifoqning aʼzosi boʻldi.
  • Oktabr — Toshkentda kosmik aloqa xalqaro telefon stansiyasi ishga tushdi, u „Intelsat“ aloqa yoʻldoshi orqali Yer yuzining istalgan nuqtasi bilan bogʻlanish imkonini beradi.
  • 5-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Selxozmash“ konserni va „DEUkorporeyshn“ korporatsiyasi bilan hamkorlikda avtomobillar ishlab chiqaruvchi „OʻzDEUavto“ qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
  • 16-noyabr — Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida Oʻzbekistonda BMT vakolatxonasini ochish toʻgʻrisida Bitim imzolandi (1993-yil 24-avgustda rasman ochildi).
  • 23—26-noyabr — Toshkentda erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi birinchi chempionati boʻlib oʻtdi.
  • Noyabr — Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi Xalqaro jurnalistlar tashkilotiga qabul qilindi. Noyabr. Buxoroda temirchilik mahorati muzeyi ochildi.
  • 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi (2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan umumxalq referendumi natijalariga koʻra hamda uning asosida qabul qilingan 2003-yil 24-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qoʻshimchalar kiritildi). 8-dekabr — Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan boʻldi.
  • 10-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini tasdiqladi.
  • 14-dekabr — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasdiqlandi.
  • 23-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Jahon meteorologiya tashkilotiga aʼzo boʻldi.
  • 23-dekabr — „Oʻzbekneftgaz“ milliy korporatsiyasi tashkil etildi.
  • 28-dekabr — Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi tuzildi.
  • 1992 — „Oʻzbekiston markasi“ nashriyot markazi tashkil etildi.
  • 1992 — Andijon shahrida Bobur milliy bogʻi — „Bogʻi Bobur“ yodgorlik majmui barpo qilindi.
  • 1992 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi — „Boshgidromet“ tashkil etildi.
  • 1992 — „Koinot“ ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
  • 1992 — Oʻzbekiston kurash federatsiyasi tashkil etildi.
  • 1992 — Navoiy viloyat oʻlkashunoslik muzeyi tashkil etildi. 1992 — „Oʻzdunrobita“ Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
  • 1992 — Oʻzbekiston tennis federatsiyasi tuzildi va ITFga aʼzo boʻldi. 1992 — Xalq banki tashkil etildi (1995-yil 28.04.da hukumatning maxsus qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat tijorat xalq banki deb nomlandi).

Voqealar

tahrir

Yana qarang: Turkum:1992-yil voqealari‎

Tugʻilgan

tahrir

Vafot etgan

tahrir

Nobel mukofoti sohiblari

tahrir

Bu maqola ruscha yozilgan.

 

Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling.