2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati H guruhi

2022-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining H guruhi oʻyinlari 2022-yil 24-noyabrdan 2-dekabrgacha bo‘lib o‘tadi[1]. Guruh tarkibiga Portugaliya, Gana, Urugvay va Janubiy Koreya terma jamoalri kiradi. Eng yaxshi ikki jamoa 1/8 final bosqichiga yoʻl oladi, qolgan ikki jamoa esa musobaqadan chiqib ketadi[2].

Jamoalar

tahrir

Turnir jadvali

tahrir
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Portugaliya 3 2 0 1 6 4 +2 6 Play-offga chiqqanlar
2   Janubiy Koreya 3 1 1 1 4 4 0 4
3   Urugvay 3 1 1 1 2 2 0 4
4   Gana 3 1 0 2 5 7 −2 3
Birinchi match(lar) oʻynaladi 24-noyabr 2022-yil. Manba: FIFA

1/8 finalda:

  • H guruhi gʻolibi G guruhida ikkinchi oʻrin sohibi bilan oʻynaydi.
  • H guruhida ikkinchi oʻrin egasi esa G guruhi gʻolibi bilan oʻynaydi.

Matchlar

tahrir

Roʻyxatdagi barcha vaqtlar mahalliy, AST (UTC+3) bilan berilgan[1].

Urugvay — Janubiy Koreya

tahrir

Jamoalar sakkiz marta toʻqnash kelishgan, shu jumladan ikki marta Jahon chempionatida, har ikkala oʻyin ham Urugvayning gʻalabasi bilan yakunlangan (1990 yilda guruh bosqichida 1:0, 2010-yilda 1/8 finalda 2:1)

Portugaliya — Gana

tahrir

Jamoalar bir marta 2014-yilgi Jahon chempionatida toʻqnash kelishgan va Portugaliya guruh bosqichida 2:1 hisobida gʻalaba qozongan.

Janubiy Koreya — Gana

tahrir

Ikki jamoa oʻzaro sakkiz marta toʻqnash kelishgan, oxirgi marta 2014-yilda Gana oʻrtoqlik oʻyinida 4:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Portugaliya — Urugvay

tahrir

Jamoalar uch marta toʻqnash kelishgan, shu jumladan bir marta , 2018-yilgi Jahon chempionati 1/8 finalda Urugvay 2:1 hisobida gʻalaba qozongan.

Gana — Urugvay

tahrir

Jamoalar bir marta 2010 yilgi Jahon chempionatida toʻqnash kelishgan va unda Urugvay penaltilar seriyasida gʻalaba qozongan.

Janubiy Koreya — Portugaliya

tahrir

Jamoalar bir marta toʻqnash kelishgan, 2002-yilgi Jahon chempionatida Janubiy Koreya guruh bosqichida 1:0 hisobida gʻalaba qozongan .

Intizom

tahrir

Agar jamoalarning umumiy va oʻzaro rekordlari teng boʻlsa, halol oʻyin ochkolari taybreyk sifatida ishlatiladi. Bular barcha guruh oʻyinlarida olingan sariq va qizil kartochkalar asosida quyidagicha hisoblanadi: [2]

  • birinchi sariq kartochka: −1 ball;
  • bilvosita qizil kartochka (ikkinchi sariq kartochka): −3 ball;
  • toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka: −4 ball;
  • sariq kartochka va qizil kartochka: −5 ball;

Bitta oʻyinda oʻyinchiga yuqoridagi chegirmalardan faqat bittasi qoʻllanishi mumkin.

Jamoa 1-oʻyin 2-oʻyin 3-oʻyin Ballar
                                
  Portugaliya 2 3 −5
  Janubiy Koreya 1 2 2 −5
  Gana 4 2 2 −8
  Urugvay 1 2 5 −8

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „FIFA World Cup Qatar 2022 – Match Schedule“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2022-yil 11-avgust). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "match schedule" defined multiple times with different content
  2. 2,0 2,1 „Regulations – FIFA World Cup Qatar 2022“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2021-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 30-mart. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "regulations" defined multiple times with different content

Havolalar

tahrir