2028-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari
2028-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari, rasman XXXIV Olimpiada oʻyinlari yoki Los Anjeles 2028 yo LA28 kabi nomlar ham qoʻllanadi. 2028-yil 14—30-iyul kunlari Amerika Qoʻshma Shtatlarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan xalqaro koʻpsport musobaqasi. Mezbon shahar Los Anjeles boʻlib, shuningdek, Katta Los Anjeles hududidagi boshqa shaharlarda[1], shuningdek, Oklahoma shahridagi ikkita hududda turli tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Mezbon shahar | Los Anjeles, AQSh |
---|---|
Musobaqalar | 35 sport turi (kutilmoqda) |
Ochilish | 2028-yil 14-iyul (in 44 oydan keyin) |
Yopilish | 2028-yil 30-iyul |
Marosimini ochib beruvchi |
Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti (kutilmoqda) |
Yozgi
2028 Summer Paralimpiada |
Los Anjeles dastlab nomzodini 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga taklif qilgan edi. Koʻpgina cheklovlarlardan soʻng noomzodlar orasida faqat Parij va Los Anjeles qoladi. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) qolgan ikki nomzodga 2024- va 2028-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarini bir vaqtning oʻzida topshirish jarayonini tasdiqlaydi; Parij 2024-yilgi va Los Anjeles 2028-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilishga rozi boʻladi. Ikkala taklif ham yuqori texnik rejalar va rekord darajadagi mavjud va vaqtinchalik obyektlardan foydalanishning innovatsion usullari qoʻllanilgani bilan maqtovga sazovor boʻlgan[2]. Los Anjeles 2017-yil 13-sentyabrda Peruning Lima shahrida boʻlib oʻtgan XOQning 131-sessiyasida rasman mezbon sifatida tasdiqlangan. Shahar beshinchi yozgi Olimpiya oʻyinlarini (Atlanta 1996 dan beri birinchi marta) va umuman olganda, AQSh mezbonlik qiladigan toʻqqizinchi Olimpiadani oʻtkazadi. 1932- va 1984-yillarda Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilgan Los Anjeles London (1908, 1948, 2012) va Parij (1900, 1924, 2024) dan keyin uchinchi uch karra mezbon shaharga aylanadi.
2020-yilda fakultativ musobaqalar sifatida skeytbording, sportcha qoyaga koʻtarilish va syorfing debyut qilgandan soʻng, Yozgi Olimpiada oʻyinlarining „asosiy“ tadbirlari dasturiga kiritilgan. Boks, zamonaviy beshkurash va ogʻir atletika boshqaruvidagi muammolar tufayli vaqtincha olib tashlangan; zamonaviy beshkurash va ogʻir atletika keyinchalik islohotlardan soʻng qayta tiklanadi. Toʻsiqlar osha yugurish bilan konkur bahslarini almashtirish uchun yangi formatni qoʻllash kutilmoqda, boks boʻyicha qaror esa kechiktirilgan. 2028-yilgi oʻyinlarda beysbol/softbol, kriket (1900-yildan beri birinchi marta) va lakros (1908-yildan beri birinchi marta) qaytmoqda, ixtiyoriy qoʻshilgan sport turlari sifatida flag-futbol va skvoshning esa debyuti boʻladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Tapp, Tom. „2028 L.A. Olympics: Dates Announced For Los Angeles-Hosted Games“. Deadline Hollywood (2022-yil 18-iyul). 2022-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyul.
- ↑ „Olympics“. 2021-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-iyun.