21st Century Fox — Amerikaning transmilliy media xoldingi. U 2013-yilda News Corporation media-xoldingini qayta tashkil etish va ajralish natijasida paydo boʻlgan. Korporatsiyaning eng katta aktivi 20th Century Studios kino studiyasi hisoblanadi.

21st Century Fox America, Inc[1]
Turi Ommaviy kompaniya
Tarmogʻi Ommaviy axborot vositalari
Birja listingi FOXA
FOX
Qachon asos solingan 28-iyun 2013
Qchon tugatilgan 20 mart 2019
Tugatilish sababi xolding aksiyalarini sotilishi The Walt Disney Company
Joylashuvi  AQSh: Nyu-York
Asoschi(lari) Rupert Murdoch
Budjeti 29 mlrd $ (2018)
Operatsion foydasi 5 mlrd $ (2018)
Kapitallashtirish $82 mlrd (2018)[2]
Sof foydasi 3 mlrd $ (2018)
Ishchilar soni 22,400 (2018)
Shoʻba korxonalari 20th Century Fox
Blue Sky Studios
20th Century Fox Television
20th Television
FX
Vebsayti [1]

Tarixi

tahrir

Media xolding News Corporation 1979-yilda tashkil etilgan. 2012-yilda uning asoschisi va egasi Rupert Murdoch media xoldingni ikkita mustaqil kompaniyaga boʻlishga qaror qildi. Sobiq kompaniyaning vorisi 21st Century Fox boʻlib, uning tarkibiga 20th Century Fox kinokompaniyasi, Fox Networks Group va boshqa bir qator telekompaniyalar kirdi; gazeta va nashriyot biznesi esa News Corp deb nomlangan yangi kompaniyaga oʻtdi. Rupert Murdoch ikkala kompaniyaning raisi va bosh ijrochi direktori boʻldi, uning oʻgʻillari James va Lachlan yangi tuzilmalar direktorlar kengashlarida oʻrinlarni egalladilar[3]. 2013-yil 1-iyundan boshlab, 21st Century Fox aksiyalari NASDAQ birjasida kotirovkalanishni boshladi[4].

2017-yilning noyabrida kompaniya rahbariyati sunʼiy yoʻldosh orqali uzatiladigan yangiliklar va sport kanallariga eʼtibor qaratishga qaror qilgani, unchalik daromad keltirmaydigan kino va televizion boʻlimlar esa sotuvga qoʻyilgani maʼlum boʻldi. Disney, Comcast (bosh kompaniyasi NBCUniversal, egasi Universal Pictures), Verizon Communications, Sony tomonidan xaridga qiziqish bildirildi.

2017-yil dekabr oyida Disney 21st Century Fox bilan ushbu boʻlinmalarni sotib olishga kelishib oldi. Buni 21st Century Fox aktsiyalarini Disney aksiyalariga jami 52,4 milliard dollarga almashtirish orqali amalga oshirish rejalashtirilgan edi[5]. Disney Foxning 13 milliard dollarlik qarzini ham oʻz zimmasiga oladi.

2018-yilning may oyida Comcast bitimga aralashib, Foxga qimmatli qogʻozlarni emas, balki katta miqdorda naqd pul taklif qilishni rejalashtirgani haqida xabar berilgan edi[6]. Disney 2018-yil 20-iyunida Comcastdan oʻzib ketib, Foxga 71,3 milliard dollar taklif qildi[7].

2019-yil 20-martda Disney 21st Century Foxni sotib olish boʻyicha kelishuvni rasman yopdi[8].

Aktivlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „EDGAR Search Results“ (en). US Securities and Exchange Commission. 2018-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-avgust.
  2. „Key Ratios“ (deadlink). 21st Century Fox. 2016-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-avgust.
  3. „Международный медиахолдинг Руперта Мердока "Ньюс корпорейшн" разделен на две компании“ (ru). ТАСС (2013-yil 29-iyun). 2016-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-iyun.
  4. „News Corporation Announces Expected Trading Timetable for Shares of Common Stock of 21st Century Fox and the new News Corporation“. 2016-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-avgust.
  5. Castillo, Michelle. „Disney to buy 21st Century Fox assets for $52.4 billion in stock; Bob Iger to stay on through 2021“. CNBC (2017-yil 14-dekabr). 2017-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-dekabr.
  6. Roumeliotis, Greg. „Exclusive: Comcast prepares all-cash bid to gate-crash Disney-Fox...“ (en). 2018-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-may.
  7. „Disney Sweetens Bid for Fox With $71.3 Billion in Cash and Stock“ (en). 2018-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.
  8. „Disney Closes $71.3 Billion Fox Deal, Creating Global Content Powerhouse“. The Hollywood Reporter (19-mart 2019-yil). 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2019-yil.