26-otilmasin
26-otilmasin — 1966-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida Eduard Arbenov va Lev Nikolayevning „Feniks“ romani asosida rejissor Ravil Botirov tomonidan suratga olingan sovet badiiy filmi.
26-otilmasin В 26-го не стрелять | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Ravil Botirov |
Ssenariynavis(lar) | Eduard Arbenov, Lev Nikolayev, Ravil Botirov |
Rollarda |
Tugan Redjimetov Svetlana Norbayeva |
Bastakor(lar) | Rumil Vildanov |
Studiya(lar) | „Oʻzbekfilm“ |
Chiqarilgan sanasi | 1966 |
Davomiyligi | 95 min. |
Mamlakat | SSSR |
Til | ruscha |
Filmning premerasi 1967-yil 2-iyunda boʻlib oʻtadi.
1960-yillarning eng mashhur sovet filmlaridan biri razvedkachilar haqida edi[1]. 1967-yilda 32 million 900 ming tomoshabin sabab ushbu film Sovet prokatining yetakchisiga aylanadi[2].
Syujeti
tahrir1943-yil, Berlin. Sovet josusi Turkiston muhojirining yaqinda vafot etgan rahbari M.Shokayaning jiyani Said Islombek deb oʻzini tanishtiradi. Shundan keyin josus idoraviy kelishmovchiliklardan foydalanib, u maxfiy razvedka maktabining instruktori boʻlishga va Sovet qoʻmondonligiga qoʻporuvchilik guruhining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar berishga muvaffaq boʻladi. U koʻngilli yordamchisi Nadiya Islombek orqali keng koʻlamli operasiya haqidagi maxfiy hujjatlarga ega boʻladi. Dushman razvedkasi defektorlar orasida agent borligini taxmin qilmoqda. Buni sezib qolgan Nadiya (quvgʻindan qochib) derazadan sakrab oʻz joniga qasd qiladi. Shunda Said Islombek dushman qoʻshinini yoʻlini adashtirib oʻzini fosh qilishga majbur boʻladi va buning oqibatida u hayotiga zomin boʻladi.
Rollarda
tahrir- Toʻgʻon Rejimatov — Said Islombek
- Svetlana Norboyeva — Nadiya
- Aleksandr Popov — Alisher
- Kaarel Karm — Ditrix
- Igor Klass — Brext
- Ada Lundver — Rut
- Javlon Hamroyev — Anvar
- Garri Liyepinsh — Berg
- Uldis Dumpis — rezident
- Styaponas Kosmauskas — Gundt, qoʻporuvchilik maktabi direktori
- Imantz Crenberg
- Valentins Skulme — Gestapochi soʻroqda
- A. Akabirov — Turkiston qoʻmitasi prezidenti
Suratga olish guruhida:
tahrir- Ssenariy mualliflari: Eduard Arbenov, Lev Nikolaev, Ravil Botirov
- Rejissor — Ravil Botirov
- Operator — Traiko Eftimovskiy
- Bastakor — Rumil Vildanov
- Rassom — Vadim Dobrin
Adabiyotlar
tahrir- Jurnal „Sputnik kinozritelya“, iyun 1967 goda. Avtor Tatyana Vasilevna Ivanova[3].
Mukofotlar
tahrirRejissor Ravil Botirov „26-otilmasin“ filmi uchun, aktyor Toʻgʻon Rejimatov Said Islombek roli uchun 1967-yilda Oʻzbekiston Lenin komsomol mukofoti sovrindori boʻlishadi[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Алексей Романов: К юбилею Гунара Цилинского.“.
- ↑ „Шухрат Аббасов: «Этот фильм достался мне особой ценой».“. 2022-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2022-yil.
- ↑ „«Спутник кинозрителя», 1967 год, № 6.“. 5-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-dekabr 2018-yil.
- ↑ „Такие вот новости в мире кино.“. 21-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-dekabr 2018-yil.