3-darajali yurist
3-darajali yurist martabasi Adliya organlarining, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlarining martaba darajalaridan biri boʻlgan. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2920-3 ro'yxat raqamli buyrug'iga asosan[1], daraja jihatidan Leytenant harbiy unvoniga, Ichki ishlar organlarning leytenant maxsus unvoniga, Bojxona xizmati leytenanti unvoniga, Soliq xizmatining 3-darajali inspektori maxsus unvoniga, adliya leytenanti, prokuratura organlarining martaba darajalariga, Sud organlarining 3-darajali yurist martaba darajalariga tenglashtirilgan martaba darajasidir.