Xinolin, 2, 3 benzopirid i n, C9H7N — geterotsiklik birikma; oʻziga xos hidli rangsiz sutokdik. Molyar massasi 129,15. Qaynash temperaturasi 238°; suvda oz, spirt va efirda yaxshi eriydi. Xinolin — kucheiz asos, kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Toshkumir smolasida boʻladi. Sunʼiy yoʻl bilan ham olinadi. Oltingugurt, fosforni eritishsa, aromatik kislotalarni dekarboksillashda va boshqa reaksiyalarda ishlatiladi. Xinolin hosilalari (masalan, plazmotsid, plazmoxin, sovkain, atofan va boshqalar) tibbiyotda dori sifatida ishlatiladi. X. sianin boʻyagichlar i.ch.da qoʻllanadi; koʻpgina alkaloidlar X. hosilalaridir.