4NCL
4NCL yoki Toʻrt Millat Shaxmat Ligasi, Birlashgan Qirollikda oʻtkaziladigan shaxmat liga. Liga — Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya davlatlari sharafiga koʻra 4NCL deb nomlangan. Liga xalqaro nufuzga ega boʻlganligi sababli, 27 ga yaqin turli mamlakatlardan oʻyinchilar bellashadi. Bu Birlashgan Qirollikning eng yirik shaxmat ligasi boʻlib, Shaxmat boʻyicha boshqaruv organlarining nazorati ostida boʻlmagan, mustaqil ravishda mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida faoliyat yuritadi.
Musobaqa formatini har yili oktabrdan maygacha dam olish kunlarida Angliyaning janubiy va Midlend shtatlarining turli joylarida oʻtkaziladigan nufuzli jamoaviy turniri sifatida taʼriflash mumkin. Bu liga boʻlib, toʻrt bosqichdan iborat, unda 600 ga yaqin shaxmatchi dona suradi. Bu sport musobaqasini klublar oʻrtasidagi milliy chempionatlar — France Nationale Fransiya milliy chempionati hamda Germaniya Bundesligasi bilan qiyoslash mumkin.
Turnir sovrin jamgʻarmasiga ega, ammo eng yaxshi jamoalar tashqaridan homiylikni jalb qilishga harakat qilishadi, bu esa vaqti-vaqti bilan dunyoning etakchi grossmeysterlarini oʻyinda ishtirokini taʼminlashga imkon yaratadi. Odatda, ular mavsum oxiridagi eng asosiy oʻyinlarga qatnashadilar. Ligada Maykl Adams, Nayjel Short, Viktor Korchnoy, Aleksandr Morozevich, Aleksey Shirov va Piter Svidler kabi nufuzli shaxmatchilar ishtirok etishgan.
Liga birinchi marta 1993/1994 — yilgi mavsumda oʻtkazilgan. 2020-yil apreldan boshlab Liga onlayn tarzda saralash oʻyinlarini oʻtkazishni boshladi, unda 172 ta jamoa va har bir jamoada 4 nafardan iborat shaxmatchilar bellashishti[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „Chess: Magnus Carlsen prepares for meeting“ (en) (2020-yil 9-aprel). 2020-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
Havolalar
tahrir- 4NCL
- OlimpBaseʼdan 1993-2013 yillardagi 4NCL tarixi