55 Cancri b
55 Cancri b sayyorasi | |
Kashf etilishi | |
---|---|
Kashf etilgan | 12-aprel, 1996-yil |
Kashfiyot sayti | California, AQSh |
Kashf etilgan sanasi | Butler, Marcy |
Aniqlash usuli |
Radial tezlik |
Mehvar tasnifi | |
Afeliy | 0.116 AU (17,400,000 km) |
Perigeliy | 0.113 AU (16,900,000 km) |
Katta yarim oʻqi | 0.115 ± 0.0000011 AU (17,203,760 ± 160 km)[1] |
Ekssentrisiteti | 0.014 ± 0.008[1] |
Chekinish | 0.115 ± 0.0000011 AU (17,203,760 ± 160 km)[1] |
Perigeliy vaqti | 2,450,002.94749 ± 1.2[1] |
Perigeliy argumenti | 131.94 ± 30[1] |
Semi-amplitude | 71.32 ± 0.41[1] |
Yulduz | 55 Cancri A |
Fizik tasnifi | |
Massasi | 0.824 ± 0.007[1][2] Andoza:Jupiter mass |
Siderik sutka |
14.65162 ± 0.0007[1] d 0.04011325 y |
55 Cancri b (qisqartirilgan 55 Cnc b), vaqti-vaqti bilan 55 Cancri (uni 55 Cancri B yulduzidan farqlash uchun), Galiley deb ham ataladi. Bu quyoshga oʻxshash 55 Cancri A yulduzi atrofida har 14,65 kunda aylanadigan ekzosayyoradir. Bu oʻz yulduzidan masofa boʻyicha joylashgan ikkinchi sayyora boʻlib, issiq Yupiter yoki, ehtimol, „iliq Yupiter“ ga oʻxshash[3].
2014-yil iyul oyida Xalqaro Astronomiya Ittifoqi NameExoWorlds dasturini ishga tushirdi. Bu bizga maʼlum ekzosayyoralar va ularning yulduzlariga tegishli nomlar berish jarayoni. Jarayon yangi nomlar uchun jamoatchilik tomonidan takliflar ilgari surish va munosiblariga ovoz berishdan iborat jarayoni [4][5]. 2015-yil dekabr oyida IAU ushbu sayyora uchun Galiley nomi tanlanganini eʼlon qildi. [6] Ushbu nomni Niderlandiya Qirollik meteorologiya va astronomiya assotsiatsiyasi tomonidan taqdim etilgan. U 17-asr boshida yashagan astronom va fizik Galileo Galileyni sharafiga nomlangan [7].
Kashf qilinishi
tahrir55 Cancri b 1996 yilda Geoffrey Marcy va R. Pol Butler tomonidan kashf etilgan. Bu pulsar sayyoralari bundan mustasno, maʼlum boʻlgan toʻrtinchi quyoshdan tashqari sayyora edi. U sayyoraning tortishish kuchi tufayli yulduzning radial tezligidagi oʻzgarishlarni aniqlash orqali kashf etilgan. 55 Cancri A spektrining Doppler siljishining sezgir oʻlchovlarini amalga oshirish orqali 15 kunlik davriylik aniqlandi. Sayyora Tau Boötis sayyorasi va Upsilon Andromedae eng ichki sayyorasi bilan birgalikda 1996 yilda eʼlon qilingan. [8]
Massasi Yupiternikidan kamida 78 % ogʻirroq boʻlgan bu sayyora yulduzi oʻzining radial tezligida siljishni koʻrsatdi. Bu oxir-oqibat 2002- yilda 55 Cancri d tashqi sayyorasining kashf etilishiga olib keldi.
Orbitasi va massasi
tahrir55 Cancri b qisqa davriy orbitada boʻlsa-da, ilgari aniqlangan issiq Yupiter 51 Pegasi b orbitasi kabi ekstremal emas. Orbital davr sayyora 55 Cancri c bilan 1:3 oʻrtacha harakat rezonansiga yaqin joylashganligini koʻrsatadi, ammo Nyuton simulyatsiyasida sayyora parametrlarini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, orbital davrlar bu nisbatga yaqin boʻlsa-da, sayyoralar aslida rezonansda emas.
2012-yilda b ning yuqori atmosferasi yulduzidan oʻtishi kuzatilgan. Shuning uchun uning harorati 55 Cancri e bilan teng yaʼni 85 daraja. Bu sayyora massasini cheklashga yordam berdi, ammo moyillik uning radiusini cheklash uchun juda past.
Massasi Yupiterning umumiy massasining 0,85 ga teng.
Xususiyatlari
tahrir55 Cancri b — yuzasi qattiq boʻlmagan va gazlardan iborat gigant. Atmosferasining yuqori qismida vodorod bor boʻlishi mumkin.
Sayyora tabiati shunchalik noaniqki, uning radiusi, zichligi va harorati kabi xususiyatlari nomaʼlum. Tarkibi Yupiternikiga oʻxshash va uning muhiti kimyoviy balansga yaqin boʻlsada, 55 Cancri b atmosferasining yuqori atmosferasi bulutsiz boʻlib, ishqoriy metallarning singishi ustunlik qiladi [9]
Atmosferadagi tranziti uning quyosh issiqligi ostida sekin bugʻlanishini koʻrsatdi. Bugʻlanishi Yupiterga nisbatan sekinroq [3].
Sayyoraning katta yoʻldoshlar boʻlishi dargumon, chunki uning toʻlqin kuchlari ularni orbitadan chiqarib yuboradi yoki tizim yoshiga nisbatan qisqa vaqt oraligʻida ularni yoʻq qiladi [10].
Yana qarang
tahrir- Quyoshdan tashqari sayyoralarning paydo boʻlishi
- Saraton (Xitoy astronomiyasi)
- Ekzosayyoralar roʻyxati
- Gliese 1132 b, tasdiqlangan atmosferaga ega Rokki ekzosayyorasi.
- Mu Arae c, Ara yulduzllar turkumi
- Sayyoralar tizimi
Maʼlumotnomalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 DA Fischer (March 2008). "Five Planets Orbiting 55 Cancri". Astrophysical Journal 675 (675): 790–801. doi:10.1086/525512.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedtransitatmo
- ↑ 3,0 3,1 „Astrophile: First puffy, 'warm Jupiter' spotted - space - 12 October 2012“. New Scientist. Qaraldi: 2012-yil 9-noyabr.
- ↑ NameExoWorlds: An IAU Worldwide Contest to Name Exoplanets and their Host Stars.
- ↑ „NameExoWorlds The Process“. 2015-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
- ↑ Final Results of NameExoWorlds Public Vote Released, International Astronomical Union, 15 December 2015.
- ↑ „NameExoWorlds The Approved Names“. 2018-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-dekabr.
- ↑ ButlerExpression error: Unrecognized word "etal". (1997). "Three New 51 Pegasi-Type Planets". The Astrophysical Journal 474 (2): L115–L118. doi:10.1086/310444.
- ↑ Sudarsky, D. (2003). "Theoretical Spectra and Atmospheres of Extrasolar Giant Planets". The Astrophysical Journal 588 (2): 1121–1148. doi:10.1086/374331. https://archive.org/details/sim_astrophysical-journal_2003-05-10_588_2/page/n466.
- ↑ Barnes, J.; O'Brien, D. (2002). "Stability of Satellites around Close-in Extrasolar Giant Planets". The Astrophysical Journal 575 (2): 1087–1093. doi:10.1086/341477.
Havolalar
tahrir- Jean Schneider. „Notes for Planet 55 Cnc b“. Extrasolar Planets Encyclopaedia (2011). Qaraldi: 2011-yil 8-oktyabr.