Qalay xloridlari
Qalay xloridlari, Qalay dixlorid, 8pS12— oq rangli kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 246°, qaynash temperaturasi 652°, zichligi 3,95 g/sm3. Suv, etanol va boshqalar organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Eritmasi kuchli qaytaruvchi. 8pS12ga xlor taʼsir ettirilsa, 8pS14gacha, kislorod taʼsir ettirilsa, oksoxlorgacha oksidlanadi. Ammiak bilan 8pS12pTch1N3(p=1, 4,9) tarkibli ammiakatlar, metall xloridlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Qalayga xlor, xlorid kislota va boshqalar metallarning xloridlarini taʼsir ettirib olinadi. Epoksidlarning polimerlanishida katalizator, organik sintezda qaytaruvchi, gazmollarni boʻyashda, shisha va plastmassalar sirtining adgeziyasini (metall yugurtirishdan avval) oshirishda, kavsharlashda flyus komponenti sifatida qoʻllanadi.
Qalay tetraxlorid, 8pS14 — havoda tutaydigan tiniq suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi —33°, qaynash temperaturasi 114°, zichligi 2,23 g/sm3. Suv bilan yaxshi aralashadi, bunda eritmaning hajmi 2 komponent hajmi yigʻindisidan sezilarli darajada kamroq boʻladi. Qalay metali yosi 8pS12ga xlor taʼsir etishidan hosil boʻladi. Texnikada oq tunuka qoldiqlariga xlor taʼsir ettirib olinadi. Qalay va qalay organik birikmalar, polimerlanish katalizatori ishlab chiqarishda, gazlamalarni boʻyashda, yorugʻlik nurini sezgir qogʻoz ishlab chiqarish da qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |