Aʼzamxon Usmanovich Bahromov (1960-yil 12-yanvar – 2020-yil 19-oktyabr) – oʻzbek davlat arbobi, iqtisod fanlari nomzodi, 2006-yildan 2008-yilgacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Aʼzamxon Bahromov
 Kattaqoʻrgʻon tumani hokimi
Mansab davri
2017-yil – 2020-yil
Prezident Shavkat Mirziyoyev
 Samarqand viloyati hokimi
Mansab davri
2006-yil – 2008-yil
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Mamarizo Nurmurodov
Vorisi Oʻktam Barnoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-yanvar 1960-yil
Gʻallaorol tumani
Vafoti 19-oktyabr 2020-yil(2020-10-19)
(60 yoshda)
Maʼlumoti Toshkent xalq xoʻjaligi instituti
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Dafn etilgan joyi Toshkent

Biografiyasi

tahrir

Aʼzamxon Bahromov 1960-yil 12-yanvarda Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumanida tugʻilgan[1]. 1986-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tugatgan[2]. Iqtisod fanlari nomzodi. Uzoq vaqt davomida u Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil boʻlimi xodimi boʻlgan.

2000—2001-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining mudiri. 2001-yil mart-iyul oylarida makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi oʻrinbosari, 2001-yil 26-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi[3], 2003-yil avgustdan – Yengil sanoat vazirligi (hozirgi „Oʻzbekyengilsanoat“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi) boshqaruvi raisi, 2005—2006-yillarda – Samarqand viloyati hokimining kapital qurilish, aloqa va kommunal xizmatlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari, 2006—2008-yillarda Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat olib borgan[2].

2009-yil fevral oyida Bahromov 15 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. Bahromovga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 20 dan ortiq moddalari – tovlamachilik, shantaj, poraxoʻrlik va oʻta katta miqdordagi davlat mablagʻlarini talon-toroj qilish, yirik jinoiy guruhlar tuzish va boshqalar bilan ayblov qoʻyildi. Xususan, respublikaning eng yirik va sanoati rivojlangan mintaqalaridan birining sobiq rahbari viloyat banklaridan biri orqali qariyb 40 milliard soʻmni (28 million dollardan ortiq) legallashtirishga muvaffaq boʻlgan[4]. Erta ozod qilingan va reabilitatsiya qilingan[2].

2017—2020-yillarda Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani hokimi lavozimida ishlagan.

2020-yil 19-oktyabrda kasallikdan vafot etgan. Toshkent shahrida dafn qilingan[1].

Mukofotlari

tahrir

2004-yil iyulda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan[5].

2020-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan[5].

Xotira

tahrir

2020-yilda Samarqand shahridagi koʻchalarning biriga Aʼzamxon Bahromov nomi berilgan[6]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Kattaqoʻrg‘on tumani hokimi vafot etdi“. kun.uz (2020-yil 19-oktyabr). 2024-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 https://centrasia.org/person2.php?st=1013880384
  3. arxiv nusxasi, 2021-04-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-25
  4. „В Узбекистане обнародовали причину прекращения деятельности "Парвинабанка"“. regnum.ru. ИА Регнум (2009-yil 4-mart). Qaraldi: 24-noyabr.
  5. 5,0 5,1 https://www.gazeta.uz/ru/2020/10/19/kattakurgan/
  6. „Самарқанд шаҳридаги иккита кўчага Ўктам Барноев ва Аъзамхон Баҳромов номи берилади“ (2020-yil 23-oktyabr). 2024-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-mart.