Georgiy Tojiyevich A’zamov (1954.6.9, Olmaliq shahri - 1986.27.8, Sevastopol shahri yaqinida) – shaxmatchi. Birinchi oʻzbek xalqaro grossmeysteri (1984). Sobiq Ittifoq chempionatlari ishtirokchisi (1981, 1983, 1985), ikki karra Oʻzbekiston chempioni (1976, 1982), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fizkultura va sport xodimi (1984). Jahon birinchiligi mintaqaviy turniri (Yerevan, 1982)da 7–8-oʻrinlarni egallagan. Koʻplab nufuzli xalqaro turnirlarda ishtirok etgan. Oʻzbekistonda A. xotirasiga bagʻishlab an’anaviy turnir oʻtkazib turiladi.

Ad.: Muhiddinov M., A’zamovlar su-lolasi, T., 1984.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil