A. P. J. Abdul Kalam
Apul Pakir Jaynulobiddin Abdul Kalam (1931.15.10, Rameshvaram) — Hindiston davlat arbobi. Madras texnologiya institutini tugatgan (1957). 1958-yildan Hindiston mudofaa vazirligiga qarashli ilmiy tadqiqot tashkilotida katta ilmiy yordamchi, 1962-yildan Hindiston Kosmik tadqiqotlar qoʻmitasida turli lavozimlarda ishladi. 1982-yildan Hindiston mudofaa sanoatining Haydaroboddagi tadqiqotlar tashkiloti direktori, 1998-yildan Texnologik axborot, bapyurat va baholashlar boʻyicha kengash raisi, Hindiston hukumatining yadro masalalari boʻyicha bosh ilmiy maslahatchisi. 2002-yil 25-iyuldan Hindiston Respublikasi prezidenti. Kalam kosmik tadqiqotlar, yadro va raketa dasturlari boʻyicha olim va mutaxassis. Hindiston Milliy Fanlar akademiyasi va Aerokosmos jamiyati aʼzosi. Mudofaa sanoati buyurtmasi boʻyicha bajarilgan besh asosiy loyiha muallifi[1].
Manbalar
tahrir