A. S. Popov haykali Yekaterinburg
Aleksandr Stepanovich Popov haykali — Yekaterinburg shahar markazida, oʻz nomidagi maydonda oʻrnatilgan yodgorlik (maydonning oʻzi Pushkin koʻchasida joylashgan).
Tarixi
tahrirSverdlovskda radio ixtirochisi Aleksandr Popovga haykal oʻrnatish gʻoyasi 1950-yil oxiridayoq paydo boʻlgan. A. S. Popov yoshligida Yekaterinburgda yashagan va oʻqigan. Yodgorlik oʻrnatish gʻoyasini buyuk ixtirochining evara jiyani M. V. Gulyayeva ilgari surgan. Keyinchalik u Popov radio muzeyini ochish uchun ham juda koʻp ish qilgan. 1960-yilda shahar kengashining taklifiga binoan haykaltarosh Vladimir Yegorov yodgorlik ustida ishlashni boshlagan. Haykal, loyihaga koʻra, Karl Liebknecht koʻchasida, „Okean“ oziq-ovqat doʻkoni oldidagi trolleybus burilishida oʻrnatilishi kerak edi. Yegorov yodgorlikning uchta namunasini ishlab chiqqan. Ulardan ikkinchi namunasi, garchi quyish birmuncha qiyin boʻlsa-da, eng muvaffaqiyatli chiqqani boʻldi. Biroq, shahar hokimiyati yodgorlikka qiziqish bildirmadi, shu bois unga mablagʻ ham ajratilmagan. Haykaltarosh bilan shartnoma esa narxlarning eng quyi chegarasida tuzilgan. Yodgorlikning ochilishi bir qator sabablarga koʻra, 15-yilga kechiktirildi.
Yodgorlikni oʻrnatishga tayyorgarlik 1970-yillarda jonlanib qoldi. Haykalni yangi joyda — pochta boʻlimi yaqinidagi bogʻda oʻrnatish tashabbuskori Sverdlovsk radio markazi rahbari A. Menshenin boʻldi[1].
Haykaltarosh V. Ye. Yegorova yasagan ikkinchi namunadagi haykal yodgorlik asosi boʻlishi mumkin edi. Ammo uni quyish deyarli imkonsiz edi, chunki haykalni quyish rejalashtirilgan Ural kompressor zavodi salohiyati bunga yetmasdi. Shundan soʻng, haykaltarosh haykalning uchinchi namunasi ustida ishlashga majbur boʻldi, unda Popov oʻz ixtirosi ustida oʻylanib oʻtirgan holda tasvirlangan. Yodgorlik choʻyan boʻlaklaridan elektr payvandlash yordamida yigʻilgan va sayqallangan.
Yodgorlikning tantanali ochilishi 1975-yil 7-mayda Lenin prospekti va Bosh pochta boʻlimi yaqinida boʻlib oʻtdi. Yodgorlik vaqt oʻtishi shaharning diqqatga sazovor joylaridan biriga aylandi. Ural Federal Universitetining radio fakulteti oʻqituvchi va talabalarinig 7-may kuni kechqurun (Radio kuni) Lenin prospekti boʻylab yurish odatini koʻp yillardirki saqlanib qolmoqda. Yodgorlikka yurganlar uning poyiga gul qoʻyib, yuvishadi va Popov xotirasiga hurmat bajo keltirishadi.
2005-yilga kelib, bu vaqtgacha oʻttiz yillar davomida poydevori bilan bir xil xira kulrang tusga ega boʻlgan yodgorlik bronza rangga boʻyalib, muqaddaslashtirildi[2]. Yodgorlikni muqaddaslash Ekaterinburg va Verxoturye Vikentiy arxiyepiskopi tomonidan amalga oshirildi.
Haykal 1975-yilda oʻrnatilganidan beri uning yaqinida (meʼmor. P. D. Demintsev) xiyobon tashkil etildi. U baʼzida norasmiy ravishda popov xiyoboni deyiladi. Unda favvora ham ishlaydi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Памятник Александру Попову — обязательный пункт экскурсии «Красная линия Екатеринбурга»“. «Областная газета» (2013-yil 13-sentyabr). 2013-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-noyabr.
- ↑ „В Екатеринбурге 19 августа после реставрации открыли памятник изобретателю радио А. С. Попову“. ИА «Европейско-азиатские новости» (2005-yil 19-avgust). 2015-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-noyabr.
Havolalar
tahrir- „Памятник Попову А.С.“ (ru). Памятники всего мира. 2012-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-aprel.
- „Памятник изобретателю радио А.С.Попову“ (ru). ЕкатГид. 2013-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-aprel.
- „В Екатеринбурге радиофак УрФУ к 7 мая помоет памятник Попову, а потом выйдет на массовое шествие по центру города“ (ru). Новости@mail.ru (2011-yil 4-may). 2013-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-aprel.