AFC Osiyo kubogi egalari kubogi

Osiyo kubok egalari kubogi (inglizcha: Asian Cup Winners Cup) – har yili Osiyo mamlakatlari ichki kubok gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladigan Osiyo futbol klublari musobaqasi edi. Kubok xronologik jihatdan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) tomonidan tashkil etilgan ikkinchi darjali va mavsumiy davom etadigan Osiyo klublararo musobaqasi edi. Musobaqa 1990/1991-yilda AFCga aʼzo mamlakatlardan kelgan barcha ichki kubok gʻoliblari uchun xalqaro turnir sifatida boshlangan. Kubok egalari kubogi gʻoliblari Osiyo Superkubogi sovrini uchun klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati gʻoliblariga qarshi bahs olib borgan. Musobaqada eng koʻp muvaffaqiyat qozongan klublar Saudiya Arabistonining Al Hilol va Yaponiyaning Nissan FC klublaridir.

AFC Osiyo kubogi egalari kubogi
Tashkiliy organ AFC
Asos solindi 1990
Bekor qilindi 2002
Hudud Osiyo
Oxirgi chempionlar Saudiya Arabistoni Al-Hilal (2-sovrin)
Eng muvaffaqiyatli klub(lar) Saudiya Arabistoni Al-Hilal
Yaponiya Yokohama F. Marinos
(2 tadan sovrin)
Vebsayt the-afc.com

Tunirning soʻnggi mavsumi 2001/2002-yilda oʻtkazilgan va yangi turnir, AFC Osiyo chempionlar ligasini tashkillashtirish uchun, Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati turniri bilan bilan birlashtirilgan va shu bilan turnir tugatilgan.

Tarixi

tahrir
Gʻoliblar
Mavsum Chempionlar
1990–91   Persepolis
1991–92   Nissan FC
1992–93   Yokohama Marinos
1993–94   Al Qadsiah FC
1994–95   Yokohama Flügels
1995   Bellmare Hiratsuka
1996–97   Al-Hilal
1997–98   Al-Nassr
1998–99   Al-Ittihad
1999–2000   Shimizu S-Pulse
2000–01   Al-Shabab
2001–02   Al-Hilal

Musobaqa 1990-yil boshida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan, Yevropadagi UEFA tomonidan oʻtkazilgan UEFA Kubogi egalari kubogi tuniri misolida tashkil etilgan. Birinchi turnir mavsumida oʻn yetti jamoa roʻyxatdan oʻtgan va finalda Bahraynning „Al-Muharraq“ jamoasini magʻlub etgan Eronning „Persepolis“ klubi birinchi boʻlib gʻolib boʻlgan. Saudiya Arabistonining Al-Hilol jamoasi 2001/2002-yilgi mavsumda Janubiy Koreyaning Jeonbuk Hyundai Motors jamoasini magʻlub etib, musoboqaning soʻngi chempioni boʻlgan. AFC 2002-yilda klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati, Osiyo Kubogi egalari kubogi va Osiyo Superkubogi turnirlari birlashib, Osiyo Chempionlar Ligasini tashkil etdi va shundan soʻng mamlakat kubogi sohiblari Osiyo chempionlar ligasiga yoʻl olishi belgilab qoʻyilgan.

Natijalar va statistika

tahrir

Klublar boʻyicha natijalar

tahrir
Klublar boʻyicha Osiyo kubogi egalari kubogidagi natijalari
KLub Sovrin(lar) Ikkinchi oʻrin Gʻoliblik mavsumlar Ikkinchi oʻrin mavsumlari
  Al-Hilal 2 0 1996–97, 2001–02
  Yokohama F. Marinos1 2 0 1991–92, 1992–93
  Persepolis 1 1 1990–91 1992–93
  Al-Nassr 1 1 1997–98 1991–92
  Al Qadsiah FC 1 0 1993–94
  Yokohama Flügels2[1] 1 0 1994–95
  Shonan Bellmare 1 0 1995
  Al-Ittihad 1 0 1998–99
  Shimizu S-Pulse 1 0 1999–2000
  Al-Shabab 1 0 2000–01
  Al-Muharraq 0 1 1990–91
  South China 0 1 1993–94
  Al-Shaab 0 1 1994–95
  Al-Talaba 0 1 1995
  Nagoya Grampus 0 1 1996–97
  Suwon Samsung Bluewings 0 1 1997–98
  Jeonnam Dragons 0 1 1998–99
  Al-Zawraa 0 1 1999–2000
  Dalian Shide 0 1 2000–01
  Jeonbuk Hyundai Motors 0 1 2001–02

1 shu jumladan Nissan FC.

2 Yokohama Flügels 1999-yilda Yokohama Marinos bilan Yokohama F. Marinosga birlashtirilgan.

Mamlakatlar boʻyicha natijalar

tahrir
Mamlakatlar boʻyicha finallardagi natijalar
Nation Sovrin Ikkinchi oʻrin Jami
  Saudiya Arabistoni 6 1 7
  Yaponiya 5 1 6
  Eron 1 1 2
  Janubiy Koreya 0 3 3
  Iroq 0 2 2
  Bahrayn 0 1 1
  Xitoy 0 1 1
  Hong Kong 0 1 1
  Birlashgan Arab Amirliklari 0 1 1

Quyidagi jadvalda Osiyo kubogi egalari kubogida gʻolib boʻlgan murabbiylar roʻyxati keltirilgan.

Yil Klub Murabbiy
1990–91   Persepolis   Ali Parvin
1991–92   Nissan FC   Hidehiko Shimizu
1992–93   Yokohama Marinos   Hidehiko Shimizu
1993–94   Al Qadsiah FC   Ján Pivarník
1994–95   Yokohama Flugels   Antonio Carlos da Silva
1995–96   Bellmare Hiratsuka   Shigeharu Ueki
1996–97   Al Hilal   Mirko Jozić
1997–98   Al-Nassr   Dusan Uhrin
1998–99   Al-Ittihad   Dimitri Davidovic
1999–2000   Shimizu S-Pulse   Steve Perryman
2000–01   Al-Shabab   Carlinhos
2001–02   Al Hilal   Artur Jorge

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. V 1999 godu „Yokogama Flyugels“ bil obʼedinyon s „Yokogama Marinos“ v „Йокогама Ф. Маринос“.

Havolalar

tahrir