AFC U-23 Osiyo chempionati finali 2018

2018-yilgi U-23 Osiyo chempionati finali 2018-yilning 27-yanvar kuni Xitoyning Chanchjou shahridagi Changzhou Olimpiya sport markazida 2018-yilgi U-23 Osiyo chempionati gʻoliblarini aniqlash maqsadida boʻlib oʻtgan futbol uchrashuvi. Final oʻyinda yarim final gʻolibi boʻlgan Vyetnam va Oʻzbekiston terma jamoalari bahs olib borishgan.

AFC U-23 Osiyo chempionati finali 2018

Finalga Changzhou shahridagi Changzhou Olympic Sports Centre mezbonlik qildi.
Turnir AFC U-23 Osiyo chempionati
Keyin qoʻshimcha vaqt
Sana 27-yanvar 2018-yil
Oʻyin oʻtkazilgan joy Changzhou Olympic Sports Centre, Changzhou
Uchrashuvning eng
yaxshi o'yinchisi
Nguyễn Quang Hải
Hakam Ahmed Al-Kaf (Ummon)
Tomoshabinlar soni 6,200
Ob-havo Heavy snow
% humidity
2016
2020

Oʻzbekiston terma jamoasi qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng Vyetnamni magʻlub etib, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) tarixidagi eng qiziqarli va oʻziga xos final boʻlgan U-23 Osiyo Kubogidagi oʻzining ilk gʻolibligini qoʻlga kiritgan[1][2].

Finalga yoʻl

tahrir

Vyetnamning finaldagi ishtiroki kutilmagan hodisa sifatida baholangan. Turnirdan oldin Vyetnam bir marta, yaʼni 2016-yilgi U-23 Osiyo chempionatida qatnashib, jami uchta magʻlubiyat bilan oxirgi oʻrinni egallagan edi. Kuchli jamoalardan biri hisoblangan Oʻzbekiston dastlabki ikki turnirda gʻalaba qozona olmadi, ikki turnirda ham guruh bosqichidan chiqa olmagan va har ikkala turnirda faqat bitta gʻalabaga erishgan.

Vyetnam terma jamoasi ushbu turnirda Janubiy Koreya, Avstraliya va Suriya bilan bir guruhda ishtirok etgan. Qiyin guruhda boʻlgan Vetnamning guruh bosqichini erta yakunlashi va turnirmi tark etishi kutilganj edi. Dastlabki turda Vyetnam Janubiy Koreyaga 1:2 hisobida magʻlub boʻlib ktilmalarni oqlagandek edi. Biroq, Vyetnam hayratlanarli darajada oʻyin uslubini oʻzgartirdi va Avstraliyani 1:0 hisobida magʻlub etgan, ikki yil oldingi magʻlubiyat uchun qasos olgan. Suriya bilan 0:0 hisobida durang oʻynagach, Vyetnam va Malayziya bilan birgalikda Janubiy-Sharqiy Osiyoning birinchi ikkita jamoasi boʻlib, pley-off bosqichiga yoʻl olgan. Vyetnam ikki trillerdan soʻng penaltilar seriyasida Iroq va Qatarni magʻlub etib, har bir bashoratni hayratda qoldirdi. Ikkala oʻyinda ham 120 daqiqadan soʻng 3:3 va 2:2 hisobida yakunlandi. Shu tariqa, Vyetnam 1999-yildan beri AFC turniri finalida ishtirok etgan birinchi Janubi-Sharqiy Osiyo terma jamoasiga aylanib, tarix yozdi[3]. Bu Vyetnam terma jamoasining futbol tarixidagi ilk AFC finali boʻlgan[4].

Oʻzbekiston mezbon Xitoy, Qatar va Ummon bilan A guruhidan joy olgan. Vyetnamdan farqli oʻlaroq, Oʻzbekiston koʻproq tajribaga ega edi va kamida yarim finalga qadar yetib borishi kutilgan edi. Biroq dastlab kutilgan umidlar Qatar jamoasiga 0:1 hisobida magʻlubiyatga uchraganidan soʻng oqlamayotgandek edi. Lekin keyinchalik Xitoy va Ummonni 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. „Yosh oq boʻrilar“ chorak finalda Janubiy Koreya bilan oʻyinda 120 daqiqa vaqt sarflab 4–1 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. YArim final oʻyinida Olimpiadaga tayyorgarlik koʻrayotgan va Osiyo chempioni Yaponiya jamoasini 4:0 hisobida magʻlub etib, finalga yoʻllanma olgan[5].

Vyetnam Bosqich Oʻzbekiston
Raqiblar Natija Guruh bosqichi Raqiblar Natija
  Janubiy Koreya 1–2 1-oʻyin   Qatar 0–1
  Avstraliya 1–0 2-oʻyin   Xitoy 1–0
  Suriya 0–0 3-oʻyin   Ummon 1–0
D guruhi 2-oʻrinlari
Yakuniy holat A guruhi ikkinchi oʻrinlari
Raqiblar Natija Nokaut bosqichi Raqiblar Natija
  Iroq 3–3 (q.v) (5–3) Chorak final   Yaponiya 4–0
  Qatar 2–2 (q.v) (4–3) Yarim final   Janubiy Koreya 4–1 (q.v) )

Oʻyin

tahrir
27-yanvar, 2018-yil(2018-01-27)
16:00 (UTC+8)
Final
Vyetnam   1–2 (q.v)   Oʻzbekiston Changzhou Olympic Sports Centre, Changzhou
Tomoshabinlar: 6,200
Hakam: Ahmed Al-Kaf (Ummon)
Nguyễn Quang Hải   41' Hisobot Ashurmatov   8'
Sidorov   120'


 
 
 
 
 
 
 
 
Vyetnam
Oʻzbekiston (birinchi boʻlim)
 
 
 
 
 
 
 
O‘zbekiston (ikkinchi boʻlim va qoʻshimcha vaqt)
GK 1 Bùi Tiến Dũng I
CB 11 Đỗ Duy Mạnh   111'
CB 21 Trần Đình Trọng
CB 4 Bùi Tiến Dũng II
RM 2 Phạm Xuân Mạnh
CM 6 Lương Xuân Trường (c)
CM 8 Phạm Đức Huy   58'
LM 17 Vũ Văn Thanh
RF 19 Nguyễn Quang Hải
CF 10 Nguyễn Công Phượng   80'
LF 14 Phan Văn Đức   109'
Zahira:
DF 20 Bùi Tiến Dụng   101'   80'
MF 7 Nguyễn Phong Hồng Duy   109'
FW 13 Hà Đức Chinh   58'
Murabbiy:
  Park Hang-seo
 
GK 1 Botirali Ergashev
RB 5 Abbos Otaxonov   103'
CB 20 Dostonbek Tursunov   111'
CB 2 Rustamjon Ashurmatov
LB 4 Akramjon Komilov
CM 6 Aziz Gʻaniyev
CM 7 Odiljon Hamrobekov   35'
RW 8 Jasurbek Yaxshiboyev   10'   45'
AM 10 Javohir Siddiqov   121'   118'
LW 17 Dostonbek Hamdamov
CF 9 Zabihillo Oʻrinboyev (c)
Zahira:
MF 16 Doniyor Narzullayev   45'
FW 22 Bobur Abduholiqov   103'
FW 11 Andrey Sidorov   118'
Murabbiy:
Ravshan Haydarov
Uchrashuv qoidalari:

Bahslar

tahrir

Hakamlar bilan bogʻliq muammolar

tahrir

Finaldan oldin AFC xitoylik hakam Ma Ningni finalga tayinlagan edi. Ammo oʻyinga bir necha soat qolganda Ma oʻrniga ummonlik referi Ahmad Al-Kaf keldi[6]. AFC oʻz qarorining sabablarini tushuntirmadi, biroq bu mezbon rasmiylar va AFC oʻrtasidagi hakamlik borasidagi kelishmovchiliklar tufayli boʻlgani taxmin qilinmoqda. Al-Kafning oʻzi ham Osiyo Chempionlar Ligasining oldingi oʻyinlarida hakamlik qilgan[6].

Qorli sharoitlar

tahrir

Oʻyin kuchli qor ostida, −2 °C dan past haroratda oʻtdi, bu nisbatan juda sovuq edi va qor yogʻishi sababli oʻyinni kechiktirish taklif qilingan edi[7]. Biroq AFC bu talabni rad etdi va oʻyinni davom ettirishni buyurdi. Birinchi boʻlim tugagandan soʻng AFC maydonni qordan tozalashni soʻradi va oʻyin davom ettirilishi uchun taxminan oʻttiz daqiqadan bir soatgacha vaqt ketdi[8]. Bu oʻyindan keyin ham oʻzbekistonlik, ham vetnamlik muxlislar tomonidan tanqid qilindi, chunki har ikki jamoa ham bunday ogʻir ob-havo sharoitida oʻynashga oʻrganmagandi[9].

Oʻzbekiston terma jamoasi libosi

tahrir

Birinchi boʻlimda shahar boʻylab kuchli qor boʻroniga qaramay, oʻzbekistonliklarga AFC tomonidan oq libos kiyishga ruxsat berildi. SHu boisdan nafaqat vetnamliklar, balki oʻzbekistonlik futbolchilar ham maydonda oʻz futbolchilarini topish va koʻrish juda qiyin boʻldi[1]. Muammoni hal qilish uchun oʻzbekistonliklar oʻyinning ikkinchi boʻlimidayoq koʻk libosga oʻtishgan edi[10].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Paul Murphy. „Vietnam suffer extra-time defeat to Uzbekistan in AFC U23 final“. ESPN (2018-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.
  2. „Brave Vietnam sunk by late goal in snow-hit final“. The New Paper (2018-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.
  3. Zulhilmi Zainal. „Indomitable Vietnam set AFC U-23 final date thanks to Quang Hai's double“. Goal.com (2018-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.
  4. „Meet the Finalists: Vietnam“. Asian Football Confederation (2018-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.
  5. Gabriel Tan. „AFC U-23 Championship: Uzbekistan see off Korea Republic to make final“. Fox Sports Asia (2018-yil 23-yanvar). 2018-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-oktyabr.
  6. 6,0 6,1 Kiên Lê. „Lộ lý do AFC loại Ma Ning, chọn trọng tài Oman bắt trận chung kết“. Thể Thao 24h (2018-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.
  7. Ha Do. „Heavy snow threatens to delay Vietnam vs Uzbekistan U23 Asian Cup final“. VnExpress (2018-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.
  8. Thanh Phong. „Thua U23 Uzbekistan phút chót, U23 Việt Nam giành ngôi Á quân“ (Vietnamese). Goal.com (2018-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.
  9. Tiệp Nguyễn. „Fan quốc tế khâm phục Việt Nam sau trận chung kết AFC U23“ (Vietnamese). Việt Times (2018-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
  10. Viễn Đông. „Chung kết U23 Việt Nam – Uzbekistan“ (Vietnamese). Voice of America (2018-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.

Havolalar

tahrir