AIR indeksi
AIR Index - bu 2019-yil fevral oyida Allow Independent Road-testing (AIR) tomonidan joriy qilingan avtotransport vositalarining emissiya darajasini baholash tizimi. Tizimning maqsadi avtotransport vositalarining shahar havosi sifatiga ta'sirini shaffof NOx emissiya testlari yordamida iste'molchilarga va siyosatchilarga ishonchli tarzda xabar berilishini qo'llab-quvvatlash.
Qisqacha
tahrirIndeks ortida Buyuk Britaniyada joylashgan notijorat tashkiloti[1][2] AIR guruhi turadi. Ular davlat va xususiy tashkilotlardan jamlangan olimlar, akademiklar va iqtisodchilarning uyushmasidir. Bu uyushma iste'molchilar va siyosatchilarga avtotransport vositalarining shahar havosi sifatiga salbiy ta'sirini kamaytirishga yordam beradigan erkin va ishonchli ma'lumotlarni taqdim etishni o'ziga maqsad qilib olgan.[1]AIR asoschilaridan biri Nik Molden shunday degan: "Yo'llarda havoga ajralib chiqayotgan zarali moddalarning sinovlari natijalarini shaffof nashr qilish havo sifatini yaxshilashning eng samarali usulidir".[1] Uning yana bir kasbdoshi Massimo Fedeli shunday deydi: "Bu shaharlar va shaharchalardagi avtomobillarning haqiqiy ajratayotgan zaharli gazlar haqida tushunarli ma'lumot beradi". [3] AIR asoschilarining maqsadlari bu Euro NCAP sxemasi haqiqiy hayotda transport vositalarining xavsizligi ustiga ta'siri qanchalik bo'lgan bo'lsa AIR Index sxemasi ham haqiqiy hayotda transport vositalarining zarali gazlari ustiga ta'siri ham shunchalik bo'lishidir.[3]
Avtomobilni baholash va reyting
tahrirAIR indeksi alohida avtomobil modellariga A, B, C, D yoki E reytingini beradi va shunday ketma-ketlikda yashil, sariq-yashil, sariq, sarg'ish yoki qizil ranglari bilan kodlaydi. (Yevropa Ittifoqi energiya yorlig'i tizimi maishiy texnikalarni kodlashga kabi).[2] Ushbu reytinglar quyidagi manbalar orqali tartiblanadi. Bular shaffof tarzda o‘lchanadigan avtomobilning azot oksidi (NOx) emissiyasi va kamida ikkita mustaqil tarzda o'lchanadigan haqiqiy shahar harakatlanish holatlarida ko‘chma chiqindilarni o‘lchash tizimi (PEMS) tizimi mavjud manbalar.[2][3][4]
Reyting har bir kilometrga to'gri keluvchi milligramm (mg/km) NOx miqdoriga asosan quyidagicha taqsimlanadi: A (yashil) = 0-80, B (sariq-yashil) = 80-168, C (sariq) = 168-270, D (sarg'ish) = 270-600 va E (qizil) = 600 va undan ko'proq. [4]
AIR Index sxemasi tatbiq etilganda Evro 6 ga mos keladigan oltita avtomobilning reytinglari e'lon qilingan edi. [3]
Model | Yil | Yoqilg'i | AIR indeks
reytingi |
---|---|---|---|
Land Rover Discovery 3.0 TD6 | 2018 | Dizel | A |
Nissan Qashqai 1.2 DiG-T | 2017 yil | Benzin | B |
Mini Cooper SD | 2015 yil | Dizel | C |
Dacia Duster 1,5 dCi | 2018 | Dizel | D |
Ford Focus 1.5 TDCi | 2017 yil | Dizel | D |
Renault Clio 1,5 dCi | 2017 yil | Dizel | E |
Diyezelgait mojarosiga munosabatda AIR indeksi va uning ahamiyati
tahrirVolkswagen Dieselgate mojarosining dastlabki dalillarini topgan G'arbiy Virjiniya universiteti jamoasi rahbari, muqobil yoqilg'ilar, dvigatellar va emissiya markazi direktori Den Karder shunday degan edi: "Agarda AIR indeksi 15 yil oldin hayotga tatbiq etilmaganda edi, Dizelgeyt ishi bo'lmagan bo'lar edi." [4]
Jaguar Land Rover (JLR) qatnashishi
tahrirJaguar Land Rover (JLR) Yevropada birinchi bo'lib 2019-yil mart oyida o'z markalaridan bo'lgan yangi mashinalarni sinovdan o'tkazish uchun taqdim etdi.[5]
Model | Yil | Yoqilg'i | NOx miqodi (mg/km) |
AIR indeks reytingi |
---|---|---|---|---|
Jaguar E-Pace HSE 2.0I 180 ot kuchi | 2019 | Dizel | 14 | A |
Land Rover Range Rover Evoque TD4 2.0I 180 ot kuchi | 2019 | Dizel | 17 | A |
Land Rover Discovery 3.0 TD6 HSE | 2018 | Dizel | 33 | A |
Land Rover Discovery Sport 2.0I 180 ot kuchiga ega | 2019 | Dizel | 34 | A |
Yana qarang
tahrirFoydalanilgan manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Odgen, Chris „AIR alliance launches new vehicle emissions ranking system“ (2019-yil 28-fevral). 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Ryan, Andrew „Air Index launches on-road, independent guide to tailpipe emissions“ (28/02/2019). 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Aucock, Richard „Land Rover excels in new car NOx emissions AIR index – but Renault slammed“ (2019-yil 28-fevral). 2021-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Shale-Hester, Tristan „New AIR Index car emissions system launches with red, amber and green ratings“ (2019-yil 28-fevral). 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
- ↑ „JLR tests new cars with AIR index, new diesel engines among cleanest for NOx emissions“ (2019-yil 7-mart). 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
Havolalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Mart 2024) |