ASA bemor jismoniy holati tasnifi
Jarrohlik oldidan bemorlarni jismoniy holatini baholash sistemasi
ASA bemor jismoniy holati tasnifi – Amerika anesteziologlari jamiyati tomonidan 1963-yilda ishlab chiqilgan va keyingi yillarda takomillashtirilgan tasniflash tizimi boʻlib, jarrohlik amaliyot rejalashtirilgan bemorlarning jismoniy holatini baholashda qoʻllanadi[1]. Tasnif oʻz ichiga quyidagi sinflarni oladi:
Sinf | Taʼrif | Misollar, lekin bular bilan cheklanmagan | |
---|---|---|---|
ASA I | Normal, sogʻlom shaxs | Sogʻlom, tamaki (yoki nos) chekmaydigan, alkogol mahsulotlari isteʼmol qilmaydigan yoki juda kam miqdorda isteʼmol qiladigan, TVI < 30 bo’lgan bemor | |
ASA II | Yengil darajadagi tizimli kasalligi bor bemor | Jiddiy funksional cheklovlarsiz yengil kasalliklar: chekuvchi, alkogol iste’mol qiluvchi, homiladorlik, semizlik 1-2 darja (TVI 30-40), nazoratga olingan QD yoki gipertenziya, o’pkaning yengil kasalligi, o’ziga xizmat qila olmaydigan psixiatrik bemorlar, yengil darajali atsidoz, yengil va o’rta darajali anemiya, surunkali yoki o’tkir sinusit. | |
ASA III | Og‘ir darajadagi tizimli kasalligi bor bemor | Jiddiy funksional cheklovlari bor bemorlar; ikki va undan ortiq o’rta yoki og’ir darajadagi kasalligi bor bemor. Nazorat qilinmagan QD, gipertenziya, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi; morbid semizlik (TVI>40), aktiv gepatit, alkogol mahsulotlarini suistemol qilish yoki unga qaramlik, EKS mavjudligi, chap qorincha qon haydash fraksiyasining oʻrtacha kamayishi, dasturli gemodializ oluvchi surunkali buyrak kasalligi soʻnggi bosqichidagi bemor, muddatiga yetmay tugʻilgan chaqaloq (post-konseptual yosh <60 hafta); anamnezida 3 oydan koʻp muddat avval miokard infarkti, insult, TIA, koronar tomirlarda stentlash boʻlgan bemorlar; uzoq davom etgan va jiddiy fiziologik buzilishlarga olib kelgan toʻliq ichak tutilishi, oʻpka tiriklik sigʻimini kamayishiga olib kelgan oʻpka tuberkulyozi, uzoq davom etgan kasallik tufayli barcha yoki bir necha tizimlar kuchsizlanishi oqibatida zaiflashgan bemorlar; oʻpka abssesi. | |
ASA IV | Hayotiga havf solayotgan ogʻir darajadagi tizimli kasalligi bor bemor | Yaqin 3 oy ichida miokard infarkti, insult, TIA, koronar tomirlarda stentlash boʻlgan bemorlar; davom etayotgan miokard ishemiyasi, yurak klapanlari ogʻir disfunksiyasi, qon haydash fraksiyasining keskin kamayishi, sepsis, DIK, oʻtkir buyrak yetishmovchiligi yoki gemodializ seanslarini nomuntazam olayotgan surunkali buyrak kasalligi soʻnggi bosqichidagi bemor; qaytmas oʻzgarishlarga olib kelgan ogʻir travma; surunkali kasallik tufayli zaiflashgan bemorda uzoq davom etayotgan va jiddiy fiziologik buzilishlarga olib kelgan toʻliq ichak tutilishi. | |
ASA V | Jarrohlik amaliyoti bajarilmagan taqrdirda oʻlishi muqarrar boʻlgan oʻta ogʻir holatdagi bemor | Abdominal/torakal aorta anevrizmasi yorilishi, massiv travma, mass effektga olib kelgan kalla ichi gematomasi, ogʻir yurak patologiyasi yoki multiorgan yetishmovchilik fonida mezenterial tomirlar trombozi. | |
ASA VI | Miya oʻlimi qayd etilgan donor | ||
E | Shoshilinch amaliyot – jarroh tomonidan qoʻyilgan koʻrsatmaga koʻra shoshilinch ravishda jarrohlik amaliyoti bajarilishi lozim boʻlgan holatlar. | ||
|