Aakenustunturi
Aakenustunturi — Finlandiya shimolidagi Kittila shahrida joylashgan togʻ boʻib[1], uning balandligi 570 metr (1,870 ft) ga yetadi. Aakenustunturi togʻi Ylläs togʻi yaqinida joylashgan[2].
Aakenustunturi | |
---|---|
Aakenustunturi ning panorama uslubida olingan surati | |
Joylashuvi |
Kittilä, Laplandiya, Finlandiya 67°41′30″N 24°27′56″E / 67.69167°N 24.46556°E |
Aakenustunturining joylashuvi |
Tarixi
tahrirIkkinchi jahon urushi vaqtida mazkur togʻ hududida ikkita samolyot halokatga uchragan va shu yerda portlab ketgan. Ulardan biri Junkers Ju 52 rusumli samolyot boʻlib uning qoldiqlari hali-hanuz togʻ etagida saqlanib qolgan.
1943-yil 24-fevralda Germaniyaning Luftwaffe kompaniyasining Junkers Ju 52 samolyoti urib tushirildi va yogʻ hududiga qulab tushdi. Qoldiqlarning ayrim boʻlaklari shu hududa qoldirilgan, qolgan qismi koʻrgazma sifatida muzaylarga olib ketilgan. Tashrif buyuvchilar samolyot qoldiqlarini oʻz koʻzlari bilan koʻrishlari suratga tushishlari mumkin. Keyinchalik, Laplandiya urushi paytida, Harbiy havo kuchlari kapitani Paavo Kahla, Mannerheim xochi ritsarlari va serjant Jouko Liinamaa 1944-yil 23-oktyabrda razvedka parvozida bedarak yoʻqoldi deb eʼlon qilindi. Ularning qoldiqlari 1945-yil bahorida urib tushirilgan Fokker CX samolyoti qoldiqlari bilan birga Aakenustunturi togʻ etaklarida oddiy bugʻu chorvachisi tomonidan topilgan. Bu yerda koʻplab qoʻshimcha tadqiqotlar amalga oshirilgan va samolyot qoldiqlari yigʻib olib ketilgan. Kapitan va serjantga tegishli buyumlar va ularning jasadi oila aʼzolariga taqdim etilgan.
Manzara
tahrirAakenustunturi togʻining shimolidagi jarliklar orasidagi yovvoyi voha shakllangan boʻlib, u yerdagi sharshara sayyohlar orasida mashhurlikka erishgan va bu yerga har yili koʻplab turistlar tashrifi kuzatiladi. Aakenustunturi felli 2004-yil dekabr oyida hukumat qarori bilan, Pallas-Illästunturi milliy bogʻi tarkibiga kiritildi[3]. Aakenustunturi togʻining tabiati u qadar xilma-xil emas. Bu yerda past boʻyli daraxtlar, butalar, koʻp yillik hamda asosan bir yillik oʻt oʻsimliklar koʻproq uchraydi.
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ santtube 1 (2015-09-05), Aakenustunturi, 2022-10-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-04-10
- ↑ „Aakenustunturi Weather Forecast (570m)“. www.mountain-forecast.com. Qaraldi: 2019-yil 10-aprel.
- ↑ „Aakenustunturi“ (en-US). Backpacking North. 2022-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.