Arton, Abbat Arton — olxoʻri navi. Vatani Fransiya. Daraxti oʻrtacha kattalikda, tarvaqaylamay tikroq oʻsadi. Bar-gi oʻrtacha, nashtarsimon. Guli oq. Oʻzidan changlanadi. Mevasi yirik (45 −55 g), tu-xumsimon, sirti silliq, usti gʻubor bilan qoplangan, binafsha-qizil rangda. Eti sariq, qalin, juda shirin. Eti danagidan yaxshi ajraladi. Qurgʻoqchilikka chida-mi oʻrtacha. Sugʻoriladigan maydonlarda yaxshi hosil beradi. Koʻchati eqilganidan keyin 5 — 6-yili hosilga kiradi. 10 yoshida har tupi 50 kg gacha hosil beradi. Zararkunanda va kasalliklarga chidamli nav. Aprel oʻrtalarida gullaydi. Navning ertagi, oʻrtagi, kechki klonlari mavjud (iyul oxiri — sentabr boshida pishadi). Hoʻlligida isteʼmol etiladi, asosan, qoqi solishga moʻljallangan. Samarqand, Toshkent viloyatlarida kup ekiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil