Abdel Rahman Swar al-Dahab
Abdel Rahmon Suvar al-Dahab (boshqacha Suvar al-Dahab yoki al-Dahab nomi bilan tanilgan; 1934—2018-yil 18-oktyabr) (arabcha: عبد الرحمن سوار الذهب) 1985-yil 6-apreldan 1986-yil 6-maygacha Sudan Prezidenti.
Abdel Rahman Swar al-Dahab | |
---|---|
Tavalludi |
Abdel Rahman Swar al-Dahab 1934-yil |
Vafoti |
2018-yil 18-oktabr Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni |
Fuqaroligi | Sudan |
Faoliyat yillari | 1985-yil 3-mart — 1985-yil 22-april |
Partiyasi | Sudan harbiy kuchlari |
Unvoni | 5-Sudan Prezidenti |
Sudan Mudofaa vazirligi uning toʻliq ismi Abdul Rahmon Muhammad Hassan Svar Al Thahab sifatida ham roʻyxatga olgan[1].
Hayoti
tahrirSwar-Eldahab 1934-yilda Sudanning Omdurman shahrida tugʻilgan[2][3]. U Sudan Harbiy Akademiyasini tamomlagan, keyinroq Britaniya, AQSh, Misr va Iordaniyadagi harbiy ta’lim kurslarida qatnashgan. Oʻsha paytdagi prezident Gaafar Nimeiri 1984-yilda uni Bosh shtab boshligʻi, soʻngra Mudofaa vaziri va qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni etib tayinlaganida u taniqli shaxsga aylandi[3].
1985-yilda u prezident Gaafar Nimeiri[4] ni hokimiyatdan agʻdarib tashlagan davlat toʻntarishini amalga oshirdi, natijada u oʻtish davri harbiy kengashining raisi boʻldi. Saylovlardan soʻng u hokimiyatni 1986-yilda davlat rahbari Ahmad al-Mirgʻoniy va bosh vazir Sodiq al-Mahdiy hukumatiga topshirdi[5].
1987-yilda Islomiy daʼvat tashkilotining raisi boʻldi[6][7].
2004-yilda Islomga qilgan xizmatlari uchun Qirol Faysal xalqaro mukofotini olgan. U 2018-yil 18-oktabrda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida sogʻligidagi muammolar sabablar tufayli vafot etdi[8].
Manbalar
tahrir- ↑ mod.gov.sd archived link at Minister of Defence (Sudan).
- ↑ rulers.org
- ↑ 3,0 3,1 Biel, Melha Rout. Elite im Sudan: Bedeutung, Einfluss und Verantwortung (olmoncha). Peter Lang, 2008. ISBN 9783631571156.
- ↑ „Sudan buries ex-president who imposed Islamic rule“. Daily News Egypt (31-may 2009-yil). 2012-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-avgust 2010-yil.
- ↑ Sudan army cedes power. Anchorage Daily News (6-may 1986-yil), s. 39.
- ↑ „Al Dahab is Islamic Personality of the Year“. Khaleej Times. 19-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-oktabr 2018-yil.
- ↑ Chief, Habib Toumi, Bureau. „Former Sudan president Al Dahab dies in Riyadh“. GulfNews (18-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 18-oktabr 2018-yil.
- ↑ „Ex-Sudan president Al-Dahab dies age 83“. Middle East Monitor (18-oktabr 2018-yil).