Abdi Darun maqbarasi
Abdi Darunning qabri atrofida turli binolar paydo boʻlib, meʼmoriy ziyoratgohga aylangan. Ziyoratxona – jamoatxona masjid vazifasini oʻtagan. Taʼmirlash natijasida maqbara binosining dastlabki qiyofasi oʻzgarib ketgan. Hovli oʻrtasidagi sarhovuz chashmabuloq ustida boʻlgani uchun ham uning suvi qishin-yozin bir xilda saqlangan, aholi orasida shifobaxsh hisoblangan. Hovli atrofidagi hujralar va gʻarb tomondagi jome masjid XIX asrga oid[1].
Abdi Darun maqbarasi | |
---|---|
Joylashuv | Samarqand |
Turi | maqbara |
Xarita |
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. T.1. – B. 17; IE. – B. 7.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |