Abdujabbor miroxoʻr madrasasi — Samarqand madrasasi. Abdujabbor miroxoʻr madrasasi Samarqandning Urgut tumanida bunyod etilgan[1]. Mazkur madrasaga vaqf hujjatlari saqlanib qolgan. Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Hujjat tepasiga „Vaqfiyayi masjidi Urgut“ deb yozilgan. Matn mahalliy qogʻozda yozilgan boʻlib, fors tilida nastaliq xatida yozilgan. 17 satr va sarlavhadan iborat. Hijriy 1234-yili zulhijja oyida (1818—1819) Abdujabborbek valadi Soʻfi Niyozboy Samarqandga qarashli Urgut viloyatidagi Kamravon guzarida nurga toʻla Sarmozorning gʻarbida ganch va pishiq gʻishtdan qurilgan bir necha hujralari va darvozaxonasi bor bir qapugʻli masjid uchun koʻplab mulklarni vaqf qiladi. Ushbu madrasa gʻarbida Sarmazor bulogʻi, shimoli Sarmozorga vaqf qilingan tutzor, sharqi omma yoʻli, janubi Sarmozorning baʼzi joylari bilan chegaradosh boʻlgan. Voqif madrasa uchun Koʻh darasidan chiqib, Sarchashma tarafidan keladigan ariqcha yoqasidagi gʻishtdan qurilgan bitta temirchilik ustaxonasini vaqf qiladi. Yana voqif ushbu guzardagi bir eshikli hovlisini vaqf qiladi: gʻarbi Safarboy valadi Bozorboy, shimolida omma yoʻli, janubi Mir Qozi valadi Mirzo Sharif hovlisi bilan chegaradosh boʻlgan. Madrasa mutavvali tomonidan nazorat qilingan. Mutavvali vaqf yerlaridan ushr olgan. Soʻngra hosilning qolganini mazkur madrasa talabalari va Sarmozor ziyoratchilariga sarflagan. Bu davrda mutavvali oxund mulla Rahimbobo valadi Hojibobo mutavvali boʻlgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Madrasa mutavvali tomonidan nazorat qilib borilgan[2].

Madrasa
Abdujabbor miroxoʻr madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Abdujabbor miroxoʻr
Homiylar Abdujabbor miroxoʻr
Holati Saqlanib qolmagan
Qurilish materiali Pishiq gʻisht

Meʼmorchiligi

tahrir

Abdujabbor miroxoʻr madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.

Manbalar

tahrir
  1. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520-bet.