Abdukarim xoji jome masjidi
41°36′45.000″N 70°5′29.620″E / 41.61250000°N 70.09156111°E
Masjid | |
Abdukarim xoji jome masjidi
Abdukarim xoji | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Boʻstonliq |
Manzil | Burchmulla qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Yakkatut mahalla fuqarolar yigʻini Abdumannop koʻchasi |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Ismoil domla Xayitnazarov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Abdukarim xoji jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Joylashuvi va faoliyati
tahrirAbdukarim Xoji jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Burchmulla qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Yakkatut mahalla fuqarolar yigʻini Abdumannop koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0,40 gektar joyda 5500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Burchmulla qishloq fuqarolar yigʻini, Dilkash mahalla fuqarolar yigʻini, Dehqon obod mahalla fuqarolar yigʻini, Bogʻbon mahalla fuqarolar yigʻini, Salomatlik mahalla fuqarolar yigʻini, Yakkatut mahalla fuqarolar yigʻini, Abdumannop mahalla fuqarolar yigʻini, Chinobod mahalla fuqarolar yigʻini, Sohil boʻyi mahalla fuqarolar yigʻini, Chorvoq boʻyi mahalla fuqarolar yigʻini, Ariqsoy mahalla fuqarolar yigʻini, Gulobod mahalla fuqarolar yigʻini, Shaxrixon mahalla fuqarolar yigʻini, Islomobod mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Ismoil domla Xayitnazarov hisoblanadi.
Tarixi
tahrirAbdukarim Xoji jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 2000-yil 11-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Jome masjid 2019-yilda mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi.
Manbalar
tahrir- ↑ „АБДУКАРИМ ҲОЖИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
- ↑ „"АBDUKARIM XOJI" jome' masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.