(qachon tugʻilgan va vafot etgan yili maʼlum emas) – Shoh Abbos I davrida oʻtgan davlat xizmatchisi va tarixshunos. Gilonning qadimgi poytaxti Fumanda vazir Behzodbekning mulozimi boʻlgan. Vazir mansabidan boʻshatilgandan keyin (1611-12 y.) mahalliy hokimning moliyaviy ishlarini taftish qilish uchun Lohijonga yuborildi. Oʻshanda u Lohijonda xizmatda qoldirilgan deb taxmin etish mumkin. Gilonda Odilshoh (Qolipjor sulton) qoʻzgʻoloni tufayli, 1629-yili oilasi bilan Gilonni tark etishga majbur boʻldi va Iroqi Ajamga koʻchib

ketdi.

Abulfattoh Fumaniy „Tarix-i Gilon“ (boshqacha nomi: „Futuxot“ yoki „Tarix-i Ahmadxon“) degan muhim asar yozgan (1629 y.dan keyin yozilgan). Asarda Eronning muhim oʻlkalaridan hisoblangan Gilonning 1517-1629-yillar orasidagi tarixi bayon etilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. O‘RGANILAYOTGAN MAMLAKAT (MINTAQA) TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI (ERON).