Marshal Abdulfattoh Said Husayn Xalil as-Sisiy[1] (arab. عبد الفتاح سعيد حسين خليل السيسي; t. 19-noyabr 1954) Misr prezidentidir. 2012-yil 12-avgustidan 2014-yil 26-martigacha Misr qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni va Misr mudofaa vaziri boʻlib xizmat qilgan.[2] Harbiy qoʻmondon sifatida as-Sisiy 2013-yilgi ommaviy eʼtirozlar natijasida islomchi prezident Muhammad Mursiy rejimini agʻdarishda yetakchi rol oʻynadi. Toʻntarilishdan keyin as-Sisiy mudofaa vaziridan tashqari, Bosh vazir oʻrinbosari boʻlib ham xizmat qildi. As-Sisiy 2014-yil 26-martida prezidentlik sayloviga nomzodini qoʻyish uchun vazirlik lavozimidan voz kechdi.[2] Saylovda as-Sisiy 96% dan oshiq ovoz olib, yutib chiqdi.[3]

Abdulfattoh Said Husayn Xalil as-Sisiy
عبد الفتاح سعيد حسين خليل السيسي
Abdulfattoh as-Sisiy

Mansabda
8-iyun 2014dan beri
Yordamchi(lar)   Ibrohim Mahlab
Avvalgi prezident Adli Mansur

Tavalludi

19-noyabr 1954-yil (1954-11-19) (70 yosh)
Misr bayrogʻi Misr, Qohira
Siyosiy partiya partiyasiz
Turmush oʻrtogʻi Intisor Amir (1977-yildan beri)

Manbalar

tahrir
  1. „Мисрдаги сайловларда маршал ас-Сисий ғалаба қозонгани расман тасдиқланди“. kun.uz (2014-yil 3-iyun). 2014-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-iyun.
  2. 2,0 2,1 „Egypt's El-Sisi bids military farewell, says he will run for presidency“. Ahram Online (26-mart 2014-yil). 2014-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2014-yil.
  3. „Former army chief scores landslide victory in Egypt presidential polls“. Egypt News.Net. 2014-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-may 2014-yil.

Havolalar

tahrir