Abdulgʻafforxon
Abdulgʻafforxon (1890-1988) -pushtunlar mustaqillik harakatining rahbari. 1919-yil „Aljumani islohi al-Afgʻoni“ millatchilik tashkilotini, 1930-yil esa „Pushtun jirgʻa“ partiyasini boshqargan. Bu partiya Hindiston milliy kongressi va „qizil koʻylaklilar“ otryadlari bilan bir qatorda turgan. 1947-yil boshqa pushtun millatchilari bilan birga pushtunlar yashaydigan tumanlarning oʻzini-oʻzi idora etishi va Pushtunistonni tuzish haqidagi millatchilik ruhidagi shiorlarni ilgari surgan. Pokiston barpo etilishi bilan hukumatga qarshi muxolifatda turib Xalq partiyasi (1948-yil barpo etilgan), soʻngra Pokiston Milliy xalq partiyasi tashkilotchilaridan va rahbarlaridan biri boʻlgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |